5 may kuni 4:40 da Navoiy shahridagi Islom Karimov ko‘chasida fojiali yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Bu haqda O‘zbekiston IIV YHXBB matbuot xizmati xabar qildi.

26 yoshli D. N. boshqaruvidagi Nexia R3 katta tezlikda harakatlangan. Chorrahada o‘ngga qayrilishda u qizil chiroqdan o‘tib ketgan va boshqaruvni yo‘qotib, yo‘l chetidagi simyog‘ochga borib urilgan.

Haydovchi olgan og‘ir tan jarohatlari oqibatida hodisa joyida vafot etdi. Tergov harakatlari olib borilmoqda.