COVID-19 koronavirus pandemiyasi tufayli tadbirkorlik faoliyatining tugallanishi, bankrotlik yoki og‘ir moliyaviy ahvolni istisno etmaydigan qiyin vaziyatga tushib qoldilar. INTERLEX yuridik firmasi, Toshkent davlat yuridik universiteti yuridik klinikasi bilan birgalikda, O‘zbekiston hududidagi tadbirkorlik sub’ektlari uchun, salbiy oqibatlarning oldini olishdagi birlamchi ogohlantiruvchi choralarni ko‘rishda ko‘mak beradigan eslatmani ishlab chiqdi.

Ushbu material huquqiy maslahat mahsuli sifatida ko‘rilmasligi kerak. Har bir alohida holat mutaxassislarni jalb qilgan holda o‘rganib chiqilishi lozim.

Qaysi belgilar yengib bo‘lmas kuch (fors-major) holatlariga xosdir?

Yengib bo‘lmaydigan kuchlar xolatlariga (fors-majorga) quyidagi belgilar xosdir:

  • nоstandаrtlik, har bir holatga nisbatan alohida yondoshishga bo‘lgan zarurat;
  • оldini olish mumkin emasligi, ya’ni tomonlar shartnoma tuzish paytida vaziyatning paydo bo‘lishini oldindan ko‘ra olmaydilar;
  • shartnoma tоmоnlаrininг xohish-irodasidan mustaqilligi, bu holat yuzaga kelishida tomonlarning daxldorligi istisno qilinadi;
  • хоlаtninг muqarrarligi, tomonlarda uning yuz berishiga ham, oqibatlarga ham ta’sir qilish imkoniyati mavjud emasligi.

O‘zbekiston qonunchiligida fors-major haqida nima dеyilаdi?

Fors-major, yuridik kategoriya sifatida, Fukarolik kodeksining 333-moddasi 3-qismida majburiyatni bajarmaslik yoki lozim darajada bajarmaslik uchun javobgarlikdan ozod qilish asosi sifatida berilgan.

Ushbu huquq normasi mazmuniga ko‘ra, basharti, qonunda yoki shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilgan bo‘lmasa, tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishda majburiyatni bajarmagan yoki lozim darajada bajarmagan shaxs majburiyatni lozim darajada bajarishga yengib bo‘lmaydigan kuch, ya’ni favqulodda va muayyan sharoitlarda oldini olib bo‘lmaydigan vaziyatlar (fors-major) tufayli imkon bo‘lmaganligini isbotlay olmasa, javobgar bo‘ladi. Qarzdorning shartlashuvchi sheriklari tomonidan majburiyatlarning buzilishi, majburiyatni bajarish uchun zarur tovarlarning bozorda yo‘qligi, qarzdorda zarur pul mablag‘larining bo‘lmaganligi bunday vaziyatlar jumlasiga kirmaydi

Qonun hujjatlarida «favqulodda» va «engib bo‘lmaydigan» vaziyatlarga aynan nima kirishi ko‘rsatilmagan, shuningdek, bunga tegishlilik mezonlari mavjud emas. Shu bilan birga, ushbu masala ma’lum darajada O‘zbekiston Hukumati qarorlarida hal qilingan.

Xususan, Vazirlar Mahkamasining 2005 yil 15 fevraldagi 63-son qarori bilan tasdiqlangan Yengib bo‘lmaydigan kuchlar (fors-major) holatlarini tasdiqlash tartibi to‘g‘risidagi nizomning 2-bandiga muvofiq, yengib bo‘lmaydigan kuchlar (fors-major) holatlari — bu tomonlarning irodasi va faoliyatlariga bog‘liq bo‘lmagan tabiat hodisalari (zilzila, ko‘chki, bo‘ron, qurg‘oqchilik va boshqalar) yoki ijtimoiy-iqtisodiy holatlar (urush holati, qamal, davlat manfaatlarini ko‘zlab import va eksportni taqiqlash va boshqalar) sababli yuzaga kelgan sharoitlarda tomonlarga qabul qilingan majburiyatlarni bajarish imkonini bermaydigan favqulodda, oldini olib bo‘lmaydigan va kutilmagan holatlardir.

Ommaviy epidemiyalar (pandemiya), shu jumladan COVID-19 bilan bog‘liq vaziyat, fors-major holati bўladimi?

Epidemiyaning o‘zi fors-major holati sifatida tan olinishi mumkin emas. Agar epidemiya (pandemiya) tufayli qarzdor majburiyatini bajara olmasa va qarzdorning o‘rnida bo‘lgan boshqa istalgan shaxs ham uni bajara olmaganida, u holda epidemiya fors-major holati deb hisoblanishi mumkin.

Afsuski, ba’zi mahalliy OAVlari ijtimoiy tarmoqlarda va o‘z saytlarida huquqiy-normativ hujjatlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni chop etishib, ularni fors-major sifatida talqin etishmoqda. Ular o‘quvchilarni, endi avval tuzilgan shartnomalar avtomatik ravishda bekor qilinishiga ishontirishmoqda. Ammo aslida bu haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi!

Bunday vaziyatda sudda jismoniy yoki yuridik shaxs o‘z majburiyatlarini aynan yuzaga kelgan vaziyat oqibatida, xususan koronavirus tufayli, masalan, karantin va cheklovlar joriy etilishi munosabati bilan bajara olmaganligini isbotlashi kerak. Bundan tashqari, shartnoma tuzilgan va amalda bajarilishi lozim bo‘lgan joy katta ahamiyatga ega.

Agar hukumat koronavirusni o‘z qarori bilan fors-major sifatida tan olsa, qarzdor majburiyatni bajarishni to‘xtatishi mumkinmi?

Yo‘q, mumkin emas. Hukumat qarori shartnoma munosabatlariga bevosita, konkret holatlardan ajratilgan holda ta’sir ko‘rsatishi mumkin emas. Agar nizo yuzaga kelsa, bu qaror muhim bo‘ladi, ammo hal qiluvchi ahamiyat kasb etmaydi.

Fors-major boshlangani haqida bildirgan tomon fors-major vaziyatining shartnoma majburiyatlarini bajarilishiga bevosita ta’sirini isbotlashi shart.

Bunda shuni hisobga olish kerakki, O‘zbekiston pezidentining 2020 yil 19 martdagi farmoni 22-bandiga muvofiq, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Savdo-sanoat palatasi uch kun muddatda cheklovlar amal qiladigan davr uchun yengib bo‘lmaydigan kuchlar (fors-major) holatlari kelib chiqqanligi haqida rasmiy xabarnoma e’lon qilish hamda xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning murojaatlari asosida bir kunlik muddatda tegishli sertifikatlar berish topshirilgan.

Javobgarlikdan ozod qilish uchun yengib bo‘lmaydigan kuch shunchaki vujudga kelmay, balki shaxsning faoliyatiga ta’sir qilishi hamda buning natijasida u shartnoma bo‘yicha majburiyatni bajarishga ob’ektiv ravishda imkoniyati mavjud bo‘lmasligi shart. Ya’ni, yengib bo‘lmaydigan kuch (bizning holatda — pandemiya) va majburiyatni bajarmaslik o‘rtasida sababiy bog‘liqlik bo‘lishi kerak.

Fors-major holati yuzaga kelganda qarzdor avvalambor qanday choralarni ko‘rishi kerak?

1. Zudlik bilan zimmasiga majburiyatni yuklagan barcha shaxslarni yozma ravishda xabardor qilish (ayrim holatlardabu fors-majorni qo‘llashning majburiy talabi hisoblanadi, ya’ni agar xabarnoma berilmasa, demak fors-major ham mavjud emas). Shunchaki elektron pochta orqali xat yozish emas, balki buyurtma xat orqali vaziyatga havola qilgan holda yuborish muhim.Xat nusxasi, buyurtma xatga ilovalar ro‘yhati va pochta identifikatoriga ega chek Sizda xabarnomaning isboti sifatida saqlanib qolishi zarur;

2. O‘z xatti-harakatlarini bajarmaslik oqibatida yuzaga keladigan zararni kamaytirish uchun barcha zarur choralarni ko‘rish;

3. Мажburiяtlаrni bajarishga to‘sqinlik qilayotgan holatlar bekor bo‘lganidan so‘ng, masalan, ishlashga ruhsat berilganidan so‘ng — bажаriliшi lozim bo‘lgan ishni qilib berishi kerak (basharti bu vaqtgacha xabarnomaga javoban kontragentlardan bitimni bekor qilish va pulni qaytarish talabi olinmagan bo‘lsa). Bunda tomonlar Fuqarolik kodeksining 349−350-moddalari havola qilishi mumkin;

4. Сud muhokamasi bo‘lishi ehtimolidan kelib chiqib, fors-major holatini tasdiqlovchi hujjatli dalillarni to‘plash. Bunday dalillarga: O‘zbekiston Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi bergan ma’lumotnoma/sertifikatlari, hokimiyat organlarining taqiqlovchi xatlari va ekspert xulosalar kiradi.

Fors-major vaziyati yuzaga kelgan yoki tugagan taqdirda, tomonlar bir-birini yozma ravishda xabardor qiladi. Bundan tashqari, agar qarzdor majburiyatni bajarmaslik munosabati bilan kontragentga etkaziladigan zararga qandaydir ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lsa, qarzdor bunday zararni kamaytirish uchun har qanday choralarni ko‘rishi shart.

Qarzdor fors-major holati yuzaga kelganini qanday vositalar orqali tasdiqlashi mumkin?

Tashqi iqtisodiy faoliyat shartnomalariga oid holatlar mavjud bo‘lganda, fors-major holati to‘g‘risida seritifikat olish uchun Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligiga murojaat qilish zarur. Vazirlikka murojaat qilish hamda tashqi iqtisodiy bitimlar va xalqaro shartnomalar shartlariga muvofiq, respublika hududida yuzaga kelgan fors-major holatlari to‘g‘risida sertifikat olish tartibi, Vazirlar Mahkamasining 2005 yil 15 fevraldagi 63-son qarori bilan tasdiqlangan Yengib bo‘lmaydigan kuchlar (fors-major) holatlarini tasdiqlash tartibi to‘g‘risidagi nizom bilan belgilanadi.

Muhimi, qonunchilik fors-major holatini, masalan, IIV, FVV, meteorologiya xizmati va boshqalar tomonidan berilgan hokimiyat hujjatlari bilan tasdiqlashga monelik qilmaydi, bu mahalliy (o‘zbek) kompaniyalar o‘rtasida nizolar yuzaga kelganda muhim ahamiyat kasb etadi.

Bundan tashqari, tomonlar shartnomaning fors-major holati to‘g‘risidagi izohlarida mavjud qoidalarga asoslanib, fors-major holatlari yuz berganligi faktini isbotlashi mumkin.

Qarzdor, fors-major holati yuzaga kelгаnini tasdiqlovchi hujjatga ega bo‘lgani holda, kontragentni yengib bo‘lmas kuch (fors-major) holati yuz berganligi to‘g‘risida xabardоr qilish majburiyatini bajarmadi. Mazkur holat, shartnomaga nisbatan fors-major holati qoidalarini qo‘llashga to‘sqinlik qiladigan sabab bo‘lishi mumkinmi?

Bizningcha, bunday holat shartnomada yozilgan qoidalarga bog‘liq. Mabodo, shartnomada engib bo‘lmaydigan kuch to‘g‘risida xabardor qilmaslik yoki o‘z vaqtida xabar bermaslik, tomonni ushbu holatga havola qilish huquqidan mahrum qilishi to‘g‘ridan-to‘g‘ri ko‘rsatilgan bo‘lsa, bu fors-major holatiga oid qoidalarni qo‘llashga to‘sqinlik qilishi mumkin. Agar shartnomada tomonlar uchun fors-major holatlari to‘g‘risida xabardor qilish yuzasidan ma’lum muddat berilgan bo‘lsa, ammo mazkur majburiyatni bajarmaslik oqibatlari ko‘rsatilmagan bo‘lsa, bu holda, fors-major qoidalari, tegishli tomon o‘z kontragentini qayd etilgan holatlar haqida xabardor qilguniga qadar vaqt davomida qo‘llanilmasligi lozim.

Koronavirus munosabati bilan yengib bo‘lmaydigan kuch (fors-major) holati yuz berishi to‘g‘risidagi xabarnoma, kompaniya kontragentni vijdonan va o‘z vaqtida xabardor qilganligi isboti hisoblanadi. Xabarnoma bilan qanday ishlash, uni qanday tartibda yuborish va matnda nimani ko‘rsatish, shartnoma shartlariga bog‘liq. Tomonlar unga fors-major holatlariga oid bo‘limni kiritishi va tafsilotlarni belgilashi mumkin. Bunday holda belgilangan tartibga rioya qilib, harakat qilish kerak. Agar shartnomada bunday bo‘lim bo‘lmasa yoki unda ayrim tafsilotlar bo‘lmasa, har qanday holatda kontragentni xabardor qilish shart. Xabarnomada majburiyatlarning bajarilishiga ta’sir qiladigan sababni ko‘rsatish lozim.

Shartnomada fors-major havolasi mavjud bo‘lmagan taqdirda, Fuqarolik kodeksi 333, 349−350-moddalarida nazarda tutilgan qoidalarga amal qilish kerak.

Фоrs-major holati yuz berгаnidа, tadbirkorlik sub’ektlari soliq va boshqa majburiy to‘lovlar borasida nima qilishi lozim?

Shaxsning soliqqa oid huquqbuzarlik sodir etganlikdagi aybini istisno qiladigan holatlar deb quyidagilar e’tirof etiladi:

soliqqa oid huquqbuzarlik belgilari bo‘lgan qilmishning tabiiy ofat yoki boshqa favqulodda va bartaraf etib bo‘lmaydigan holatlar oqibatida sodir etilganligi. Mazkur holatlar hammaga ma’lum faktlarning mavjudligi, ommaviy axborot vositalarida e’lon qilingan ma’lumotlar va isbotlash uchun maxsus vositalar talab etilmaydigan boshqa usullar bilan aniqlanadi (Soliq kodeksi 215-mod. 1-q, 1-b.(yangi tahrirda).

Shuningdek, O‘zbekiston prezidentining 2020 yil 3 apreldagi «Koronavirus pandemiyasi davrida aholi, iqtisodiyot tarmoqlari va tadbirkorlik sub’ektlarini qo‘llab-quvvatlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi farmoniga muvofiq qator imtiyoz va yengilliklar berilgan, xususan:

  • karantin tadbirlari davrida o‘z faoliyatini to‘xtatishga majbur bo‘lgan yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i qat’iy belgilangan summasini va ijtimoiy soliqni hisoblash to‘xtatilgan;
  • o‘z faoliyatini to‘xtatgan va (yoki) tovarlar (xizmatlar) realizatsiyasidan tushumi joriy yilning birinchi choragidagi o‘rtacha oylik miqdoriga nisbatan 50 foizdan ko‘proqqa kamaygan mikrofirma, kichik korxona va yakka tartibdagi tadbirkorlarga soliq organlarini xabardor qilgan holda 2020 yil 1 oktyabrga qadar quyidagi soliqlarni foizsiz kechiktirish (bo‘lib-bo‘lib to‘lash) huquqi taqdim etilgan:
  • mahalliy davlat hokimiyati organlariga ariza bermasdan turib aylanmadan olinadigan soliq, mol-mulk solig‘i, yer solig‘i, suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq bo‘yicha — ularni keyinchalik 12 oy davomida teng ulushlarda to‘lash sharti bilan;
  • ijtimoiy soliq bo‘yicha — uni keyinchalik 6 oy davomida teng ulushlarda to‘lash sharti bilan.
  • joriy yilning oxiriga qadar spirt, alkogol mahsulotlari, shu jumladan vino va pivo uchun aksiz solig‘i, shuningdek, benzin, dizel yoqilg‘isi va gazni yakuniy iste’molchilarga realizatsiya qilishdagi aksiz solig‘ining amaldagi stavkalari saqlanib qolingan;
  • yuridik shaxslar tomonidan gaz va elektr energiyasi bo‘yicha oldindan haq to‘lash to‘g‘risidagi majburiy talab 30 foizgacha pasaytirilgan.

Qarzdor fors-major holati to‘g‘risida xabardor qilganligi sababli kontragent shartnomani bekor qilishga haqlimi?

Bu shartnomada nima ko‘rsatilganiga bog‘liq bo‘ladi. Umumiy qoida tariqasida, kontragent majburiyat bajarilishida manfaat yo‘qotsa, shartnomani bekor qilishi mumkin. Ammo kontragent, fors-major kelib chiqishiga sabab bo‘lgan holatlar yo‘qolgandan so‘ng, majburiyat bajarishdan manfaatdor emasligi aniq sabablarini asoslab berishi shart.

Agar, havola qilinayotgan to‘sqinlik davomiyligi shartlashayotgan tomonlar, ular shartnoma tuzishda umid qilishga haqli bo‘lgan narsadan ko‘p darajada mahrum bo‘lsalar,tomonlardan istalgani tegishli tomonni xabardor qilgan holda, shartnomani bekor qilishga haqlidir.

Agar fors-major holati yuzaga kelishidan bir necha oy oldin tomonlar o‘trasida nizo paydo bo‘lsa, ammo sudga da’vo kiritish muddati tuгаёtгаn bўl, nima qilish kerak?

O‘zR Fuqarolik kodeksiga ko‘ra, agar da’vo qo‘zg‘atilishi uchun muayyan sharoitlarda oldini olib bo‘lmaydigan favqulodda hodisa (yengib bo‘lmas kuch) to‘sqinlik qilgan bo‘lsa, da’vo muddatining o‘tishi to‘xtatiladi (Fuqarolik kodeksi 156-mod. 1-q. 1-b.). Biroq, shunisi muhimki, holatlar aynan «yengib bo‘lmas kuch» sifatida topilishi shart, shundagina qonunchilikda da’vo muddati o‘tishining to‘xtatilishi ko‘zda tutilgan.

Shuni ham hisobga olish lozimki, yengib bo‘lmas kuch holati da’vo muddati o‘tishi so‘nggi olti oyi davomida yuzaga kelgan yoki davom etgan bo‘lsa, da’vo muddati o‘tishi to‘xtatiladi, mazkur muddat olti oydan kam bo‘lsa, — da’vo muddatiga qadar to‘xtatiladi.

Fors-major holati yuzaga kelishi shartnoma bo‘yicha majburiyatlarni umuman bajarmaslikka imkon beradimi, yoxud bu majburiyatni bajarish muddati o‘tganida neustoyka to‘lashdan ozod qiladimi?

Fuqarolik kodeksi 333-moddasiga ko‘ra, tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishda majburiyatni bajarmagan yoki lozim darajada bajarmagan shaxs majburiyatni lozim darajada bajarishga yengib bo‘lmaydigan kuch, ya’ni favqulodda va muayyan sharoitlarda oldini olib bo‘lmaydigan vaziyatlar (fors-major) tufayli imkon bo‘lmaganligini isbotlay olmasa, javobgar bo‘ladi. Demak, ma’lum holatni fors-major deb topish kontragentni fuqarolik-huquqiy, masalan, neustoyka (jarima, penya) to‘lash shaklidagi javobgarlikdan ozod etadi.

Majburiyatning o‘ziga kelsak, fors-major holatlarining vujudga kelishi, basharti mazkur holatlar barham topganidan so‘ng bajarish imkoniyati saqlanib qolsa, o‘z-o‘zidan qarzdorni majburiyatini bekor qilmaydi. Agar qarzdor muddatni o‘tkazib yuborgani tufayli, kreditorda qarzdor tomonidan majburiyat bajarilishiga manfaati yo‘qolgan bo‘lsa, u bir tomonlama ravishda shartnomani bekor qilishga haqli. Bunda qarzdor, fors-major holati tufayli majburiyatni kechiktirish natijasida etkazilgan zarar uchun javobgar bo‘lmaydi.

Engib bo‘lmaydigan kuchning mavjudligi shartnoma tomonini majburiyatlarni lozim darajada bajarmaganlik uchun javobgarlikdan ozod qiladi, biroq uni bajarmaslikdan emas. Bu shuni anglatadiki, ushbu holatlar tugagandan so‘ng, majburiyat bajarilishi lozim.

Agar qarzdor majburiyati pul miqdorini to‘lashdan iborat bo‘lsa, qarzdor fors-major holatiga havola qilishi mumkinmi?

Yo‘q, fors-major pul miqdorini to‘lashga hech kanday ta’sir ko‘rsatmaydi. Qarzdor to‘lovni amalga oshirishi shart, aks holda u kechiktirganlik uchun javobgar bo‘ladi, natijada unga nisbatan jarima va neustoykalar kabi barcha turdagi javobgarlik tegishli bo‘ladi. Masalan, agar qarzdorga to‘lovni kechiktirish sharti bilan xizmatlar ko‘rsatilgan bo‘lsa, qarzdor fors-major holatiga havola qilib, xizmatlar uchun haq to‘lamasligiga yo‘l qo‘yilmaydi.

Pul majburiyatlari uchun «vaziyatning jiddiy o‘zgarishi» tushunchasi muhim ahamiyat kasb etadi, ularga asosan qarzdor suddan shartnomaga o‘zgartirish kiritishni so‘rashi mumkin bo‘ladi (ammo sudlar bunga kamdan-kam hollarda ruhsat beradi).

Kontragent shartnomani bekor qilsa, qarzdor kontragentdan olingan pul miqdorini ushlab qolishi mumkinmi?

Yo‘q, majburiyat qarzdor tomonidan bajarilmaganligi sababli, umumiy qoida tariqasida, u olingan barcha pullarni kontragentga qaytarishi shart. Masalan, agar turoperator turistdan pul olgan bo‘lsa, lekin uni tanlangan safarga jo‘nata olmasa yoki safar mamlakatidan muddatidan oldin qaytargan bo‘lsa, u holda turoperator pulni turistga qaytarishi kerak, boisi xizmat ko‘rsatilmagan hisoblanadi.

Turizm va fuqaro aviatashuvchi kabi sohalar uchun iste’molchilar huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi qonunchilik qo‘llaniladi.

Qarzdor o‘z majburiyatlarini bajarmaslik uchun o‘z kontragentlarida fors-major holatlari yuz berganiga havola qilishi mumkinmi?

Basharti qarzdor vositachi bo‘lib, uning o‘zbek yoki chet ellik yetkazib beruvchisi uchun fors-major holati yuzaga kelgani tufayli, majburiyatni bajara olmasa, mazkur holat fors-major holat hisoblanmaydi. Javobgarlikdan ozod bo‘lishi mumkin emas. Amaldagi qonunchilikka asosan qarzdorning yetkazib beruvchilari tomonidan majburiyatlarning bajarilmasligi fors-major vaziyatlar jumlasiga kirmaydi (Fuqarolik kodeksi 333-mod. 3-q.). Bu kabi xolatlarda biz majburiyatni har qanday holda bajarish uchun muqobil yetkazib beruvchilarni izlashni tavsiya etamiz.

Sug‘urta kompaniyalari koronavirus tufayli kompensatsiyani to‘lashdan bosh tortishi mumkinmi?

Bularning barchasi qanday sug‘urta shartnomasi tuzilganiga bog‘liq. Agar bu hayot va sog‘liqni sug‘urta qilish shartnomasi bo‘lsa, unda sug‘urta hodisasi sifatida O‘RVI (o‘tkir resperator virusli infeksiyalar) kasalligining har qanday turini ko‘zda tutish mumkin, bu holda sug‘urta kompaniyasi kompensatsiya to‘lashga majbur bo‘ladi.

Basharti bu fuqaro javobgarligi sug‘urtasi yoki tadbirkorlik tavakkalchiligini sug‘urtalash bo‘lsa, ko‘pincha shartnomada insonlar va hayvonlarning yuqumli kasalliklari tarqalishining to‘g‘ridan-to‘g‘ri yoki bilvosita oqibatlari, hukumat qarorlari bilan insonlar harakatlanishi cheklanishi, pandemiya, epidemiya havfi bilan bog‘liq cheklovlar natijasida daromad yo‘qotish, sug‘urta hodisasi etib hisoblanmaydi. Bunday holda, sug‘urta kompaniyasi kompensatsiya to‘lashni rad etish huquqiga ega. Ammo, aniq javob berish uchun shartnomadagi sug‘urta tovoni holatini diqqat bilan o‘rganish kerak.

Agar qarzdor majburiyatni bajara оlsаdа, lekin uni bajarish harajatlari sezilarli darajada ошгаn bo‘lsa, nima qilish lozim?

Bunday holda fors-major holatiga havola qilib bo‘lmaydi. Birinchi navbatda, shartnomani ko‘rib chiqish va xarajatlar oshishi bo‘yicha tavakkalchilik qaysi tomonda ekanligini aniqlab olish kerak. Masalan, agar shartnoma matnidan, qonun hujjatlari o‘zgaririshi xavfi qarzdorning zimmasida bo‘lsa, u qo‘shimcha xarajatlarni o‘ziga olishi va majburiyatni bajarishi shart. Bajarmaslik shartnoma buzilishi deb hisoblanadi va javobgarlikka olib keladi.

Mabodo bunday xavf kontragent zimmasiga yuklatilgan bo‘lsa, u majburiyatni bajarish uchun qo‘shimcha xarajatlarini to‘lashga majbur. Agar shartnomada hech qanday qoida yo‘q bo‘lsa, unda umumiy qoida qo‘llaniladi — qarzdor majburiyatni bajarish xarajatlarini mustaqil ravishda qoplaydi. Agar xarajatlar majburiyatni bajarish bilan bevosita bog‘liq bo‘lmasa, unday holda vaziyatning jiddiy o‘zgarishiga havola qilish mumkin.

Vaziyatning jiddiy o‘zgarishi nima degani? Uning fors-major holatidan farqi.

Fors-major holatini vaziyatning jiddiy o‘zgarishi (VJO‘) dan farqlash uchun quyidagi mantiqqa asoslanish lozim. Fors-major majburiyatning bajarilishini butunlay to‘sib qo‘yadi, VJO‘ esa bajarilishini ancha murakkablashtiradi, xolos. Bunda ayni vaqtda quyidagi barcha shartlar yuz berishi lozim (Fuqarolik kodeksi 383-mod.):

  • shartnomani tuzish paytida taraflar vaziyatda bunday o‘zgarish yuz bermaydi, deb hisoblagan bo‘lsalar;
  • vaziyatning o‘zgarishini keltirib chiqargan sabablarni, ular paydo bo‘lganidan keyin manfaatdor taraf shartnomaning xususiyatiga va muomala shartlariga ko‘ra o‘zidan talab qilinadigan darajada vijdoniylik va ehtiyotkorlik qilgan bo‘lishiga qaramay, bu sabablarni yenga olmagan bo‘lsa;
  • shartnomani uning shartlarini o‘zgartirmasdan bajarish taraflar mulkiy manfaatlarining shartnomaga mos keladigan nisbatini buzsa va manfaatdor tarafga zarar yetkazsa, natijada ular shartnoma tuzishda umid qilishga haqli bo‘lgan narsadan ko‘p darajada mahrum bo‘lsalar;
  • ish muomalasi odatlaridan yoki shartnomaning mohiyatidan vaziyatning o‘zgarishi xavfiga manfaatdor taraf uchrashi kerakligi anglashilmasa.

Qarzdorga vaziyatning jiddiy o‘zgarishi nima beradi?

Qarzdor majburiyatni bajarishi shart. Ammo u shartnoma shartlarini o‘zgartirish yoki uni bekor qilish, shuningdek harajatlarni qayta taqsimlashni talab qilishga haqli. Fuqarolik kodeksining 383-moddasiga muvofiq, vaziyatning jiddiy o‘zgarishi oqibatida shartnoma bekor qilinganida sud har qanday taraf talabi bilan shartnomani bekor qilish oqibatlarini aniqlashda taraflarning ushbu shartnomani bajarish bilan bog‘liq xarajatlarini ular o‘rtasida adolatli taqsimlash zarurligiga asoslanadi.

Vaziyatning jiddiy o‘zgarishi munosabati bilan shartnomaning o‘zgartirilishiga shartnomani bekor qilish ijtimoiy manfaatlarga zid bo‘lgan yoki taraflarga shartnomani sud tomonidan o‘zgartirilgan shartlar asosida bajarish uchun talab qilinadigan xarajatlardan ancha ortiq zarar keltiradigan favqulodda hollarda sud qarori bilan yo‘l qo‘yiladi.

Agar barcha xodimlar masofaviy ish tiзimiга o‘tkazilsa, ijara haqini to‘lаmаslik mumkinmi?

Umuman to‘lamaslikning imkoni yo‘q. Ijaraga beruvchi qarashiga ko‘ra, ijara to‘lovini vaziyatning jiddiy o‘zgarishi asosida qayta hisoblashni talab qilish mumkin (Fuqarolik kodeksining 383-mod.).

Shuningdek, uyda turib ishlashni tavsiya etgan yoki insonlarni bir xonada ixcham to‘planib turishini cheklagan har qaysi respublika yoki mahalliy hokimiyat organlari qarorlariga havola qilish foyda beradi.

Xizmat ko‘rsatish sohasi korxonasi. Koronovirus havfi tufayli so‘nggi vaqtlarda buюrtmаchilаr oqimi pasayib, daromad ham tushib ketdi. Bu fors-major sifatida binolarni ijarasi bo‘yicha to‘lovlarni kechiktirish yoki kamaytirish, shuningdek, ilgari olingan kredit bo‘yicha to‘lovlarni to‘xtatib turish uchun sabab bo‘ladimi?

Yo‘q, bunday holatlar fors-major holati emas. Qonun va shakllangan sud amaliyotiga ko‘ra, yengib bo‘lmaydigan kuch holatlariga tadbirkorlik tavakkalchiligi, xususan, korxonaning iqtisodiy ahvolining yomonlashishi, moliyaviy-iqtisodiy inqiroz, valyuta kursining o‘zgarishi va milliy valyutaning devalvatsiyasi kabilar kirmaydi.

Yuqoridagi holatlarda kontragentlar bilan shartnoma shartlariga o‘zgartirish kiritish bo‘yicha muzokaralar olib borish kerak.

Ijaraga beruvchi bilan munosabatni (ijara shartnomasini o‘zgartirish yoki ijara shartnomasidan voz kechish) hal qilish uchun, pandemiya munosabati bilan qabul qilingan normativ hujjatlarga (O‘zbekiston prezidenti, O‘zbekiston Hukumati) tayanib, sudgacha va sud tartibida Fuqarolik kodeksining 349−350 va 383-moddalarini foydalanib hal qilish tavsiya etiladi.

Hukumat qarori bilan fitnes markazi (basseyn, kafe va boshqalar) yopildi. Фоrs-major holatiга havola qilib, savdo markazi egasiga ijara haqini to‘lamaslik mumkinmi?

Agar COVID-19 pandemiyasi munosabati bilan Hukumat va boshqalarning qarori asosida korxona mijozlar uchun yopilsa, fors-major holati yuzaga keladi, demak, majburiyatlarni bajarmaganlik uchun neustoykadan ozod bo‘lish faqat mijozlar oldidagi majburiyatlarga tegishli bo‘ladi. Ijara haqini to‘lash bo‘yicha majburiyatlarni bajara olmaslik korxona yopilishi bilan bevosita bog‘liq emas, boisi korxonada sotishdan tushgan daromaddan tashqari naqd pul olishning boshqa manbalari ham bo‘lishi mumkin (kredit, ta’sischidan olingan qarz). O‘z navbatida, Fuqarolik kodeksining 333-moddasi 3-qismiga muvofiq qarzdorda zarur pul mаblағi yo‘qligi fors-major holati deb topilmaydi.

Yangi huquqiy normalar qabul qilinishi, Oliy sud Plenumi, O‘zR tushuntirishlari qabul qilinguniga qadar — ijarachiga yoki sudga ijara haqini kamaytirish uchun fors-major holati to‘g‘risida xulosa berish uchun asos mavjud emas, ammo ijarachi bilan munosabatlarga nisbatan Fuqarolik kodeksi 349−350 va 383-moddalarini qo‘llash uchun asoslar mavjud.

Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 23 fevraldagi 176-son qarori 1-bandiga muvofiq respublika hududida barcha ko‘ngilochar ob’ektlar, shu jumladan tungi klublar, diskoteka, restoran, kafe, oshxona, choyxona, spa va massaj salonlar va boshqalar faoliyati to‘xtatilgan.

Vositachi kompaniya ko‘plab kompaniyalar bilan yirik etkazib berish shartnomalariga ega. So‘nggi paytlarda talab ortib bormoqda, ammo import tovarlarini etkazib beruvchilar chegarada fors-major holat tufayli o‘z vaqtida va zarur hajmda etkazib berishni ta’minlay olmaydilar. Ушbu holat vositachi kompaniya uchun fors-major hodisa hisobanishi mumkinmi?

Yo‘q, hisoblanmaydi. Fuqarolik kodeksi 333-moddasi 3-qismida to‘g‘ridan-to‘g‘ri tarzda, jumladan qarzdorning kontragentlari tomonidan majburiyatlarning buzilishi, majburiyatni bajarish uchun zarur tovarlarning bozorda yo‘qligi, qarzdorda zarur pul mablag‘larining bo‘lmaganligi fors-major vaziyatlar jumlasiga kirmasligi belgilanadi.

Ko‘rgazma tashkilotchilari va ko‘pchilik fuqarolar ishtirokida o‘tkaziladigan boshqa tadbirlar tashkilotchilari, hokimiyat tomonidan taqiqlar joriy etilishi munosabati bilan nima qilishadi? Bu fors-major holat hisоblаnаdimi? Agar shunday holat deb topilsa, tashkilotchilar va ularning mijozlari uchun qanday oqibatlar yuzaga keladi?

Ha, bu fors-major holati hisoblanadi. Amaldagi qonunchilik majburiyatni tugatish uchun asos sifatida davlat hokimiyati organi hujjati chiqishi natijasida majburiyatni bajarish mumkin bo‘lmasligi holatini mustahkamlaydi (O‘zR FK 350-mod.). O‘zR VM 23.02.2020 yilgi 176-son qarori ommaviy tadbirlar, shu jumladan madaniyat, ko‘rgazma, sport, ko‘ngilochar va ma’naviy tadbirlar o‘tkazishni vaqtincha taqiqlaydi. O‘zR FK yuqoridagi qoidalariga binoan, boshqa hududlarda hokimiyat organlari tomonidan bunday cheklashlar joriy etilishi, ushbu tadbirlarni bekor qilish va ularni tayyorlash va amalga oshirish bilan bog‘liq bo‘lgan shartnomaviy majburiyatlarini bekor qilish uchun asos bo‘ladi. Bu holatda tomonlar majburiyatlar buzilganligi uchun javobgarlikdan ozod qilinadi, va shartnomada boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, qoida tariqasida, bajaruvchi tomonidan qilingan haqiqiy xarajatlar chegirib tashlangan holda, omonat, avans to‘lovlari va boshqa to‘lovlar qaytarib beriladi.

Коrоnовirus tarqalishi xavfi tufayli savdo va kўngilоchar markazlarni, shuningdek, boshqa savdo, umumiy ovqatlanish korxonalari, madaniyat va dam olish maskanlarini yopish to‘g‘risidagi qabul qilinгаn qaror fors-major holat hisoblanadimi? Bunday tan olish tadbirkor tomonidan tuzilgan binolar yoki xonalarni ijaraga olish shartnomalarini o‘z o‘zidan bekor qilishga olib keladimi?

Bunday cheklovlar fors-major holati sifatida tan olinadi va shartnoma bo‘yicha javobgarlik masalasini hal qilishga ta’sir qiladi. Biroq, bu ijara shartnomalari o‘z o‘zidan bekor bo‘lishini keltirib chiqarmaydi. Bu holda, ijarachi ijara shartnomasi yoki O‘zR Fuqarolik Kodeksi qoidalari asosida ijara beruvchidan shartnoma shartlarini o‘zgartirish to‘g‘risida, masalan, ijara to‘lovlarini kamaytirish yoki ularni cheklov muddati davomida kechiktirish (bo‘lib-bo‘lib to‘lash) yoki shartnomani bekor qilish to‘g‘risida talab qilishga haqli.

Chet elda ishlab chiqarilgan uskunalar sotib oldik, u kафоlаt muddati ichidа ishdan chiqdi. Chet эlliklаr kirishiга taqiq joriy etilani bois ishlab chiqaruvchi o‘z mutaxаssislаrini O‘zbekistonga uskunani ta’mirlash uchun юbоrа оlmаydi. Bu ishlab chiqaruvchi firma uchun fors-major holat deb topiladimi?

Ha, bu fors-major holati hisoblanadi. Jumladan, O‘zR VM 23.02.2020 yilgi 176-son qarori 1-bandiga muvofiq, dunyoning barcha davlatlari bilan O‘zbekiston Respublikasi o‘rtasida muntazam aviaqatnovlar to‘xtatilgan, xorijiy davlatlar fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar, shuningdek avtobus, yengil avtotransport va temir yo‘l transporti vositalarida yo‘lovchi tashuvchi transport vositalarining chegara o‘tkazish punktlari orqali kirib kelishi to‘xtatilgan.

Fors-major holat to‘g‘risidagi sertifikatni rаsmiylашtirish uchun Savdo-sanoat palatasiga qanday hujjatlar taqdim etilishi kerak?

Umumiy qabul qilingan tartibga ko‘ra, arizachi taqdim etishi kerak bo‘lgan asosiy hujjatlarga: murojaat qilish sabablari va asoslari batafsil ko‘rsatilgan ariza, shartnoma nusxasi va uning ilovalari, arizachi huquqini belgilovchi va ro‘yxatga olish hujjatlari nushalari, shuningdek vakolatli organlar hujjatlari, shu jumladan davlat organlarining taqiqlovchi yoki cheklovchi choralari va ariza beruvchi arizada fors-major holat sifatida havola qilgan hodisani tasdiqlovchi boshqa hujjatlar kiradi.

Fors-major holatlarni tartibga solishga oidnormativ hujjatlar ro‘yhati:

  • O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi. T.: Adolat, 2019.;
  • O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksi (yangi tahrirda), (O‘zR Qonuni 30.12.2019 y. O‘RQ-599);
  • O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 19.03.2020 yil «Koronavirus pandemiyasi va global inqiroz holatlarining iqtisodiyot tarmoqlariga salbiy ta’sirini yumshatish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi PF-5969-son farmoni;
  • O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 23.03.2020 yil «Koronavirus infeksiyasi tarqalishiga qarshi qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi 176-son qarori;
  • O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 24.06.2009 yil «Ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish to‘g‘risidagi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari haqida"gi 177-son qarori.
  • O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 15.09.2015 yil «Tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish to‘g‘risida"gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari haqida"gi 266-son qarori;
  • Vazirlar Mahkamasining 15.02.2005 yil 63-son qaroriga ilova — «Yengib bo‘lmaydigan kuchlar (fors-major) holatlarini tasdiqlash tartibi to‘g‘risidagi nizom».

Asosiy ixtisosligi korporativ huquq bo‘lgan INTERLEX yuridik kompaniyasi O‘zbekistonning etakchi yuridik kompaniyalaridan biri bo‘lib, davlatimiz ichida va xalqaro miqyosda boy ish tajribasiga ega. Kompaniya o‘z mijozlari manfaatlarini barcha sudlarda va xalqaro tijorat arbitrajlarida himoya qilish borasida katta tajribaga ega.