4 may, dushanba kunidan boshlab ichki ishlar vazirligi tizimidagi ayrim idoralar o‘z faoliyatini davom ettiradi. Bu haqda IIV matbuot xizmati xabar berdi.

Xabarga ko‘ra, respublika bo‘ylab Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish (pasport, propiska, viza) hamda yo‘l harakati xavfsizligi (ro‘yxatdan o‘tkazish va imtihon olish, ma’muriy amaliyot, majburiy texnik ko‘rikdan o‘tkazish) bo‘linmalari fuqarolarga xizmat ko‘rsatish faoliyatini boshladi.

Bunda, fuqarolarni qabul qilishda ularning karantin qoidalariga to‘liq rioya qilinishlariga alohida e’tibor berilishi aytilgan.

Oldinroq, ushbu idoralarning Toshkent shahridagi bo‘linmalari faoliyati davom ettirilishi haqida xabar berilgan edi.