“Gazeta.uz” muxbirlari 1 may kuni to‘g‘oni o‘pirilgan Sirdaryo viloyatidagi Sardoba suv ombori yaqinidagi hududga tashrif buyurdi.

Ayni paytda o‘pirilgan to‘g‘onning chap va o‘ng qirg‘og‘ida ta’mirlash-tiklash ishlari olib borilmoqda. O‘zbekiston prezidenti matbuot xizmatining xabar berishicha, jarayonga yuzlab mutaxassislar va 1000 dan ortiq maxsus texnika jalb qilingan.

Bu yerga katta toshlar, beton bloklar va plitalar, shuningdek boshqa qurilish materiallari keltirilgan, to‘g‘on qarshisida esa yarim doira shaklida to‘siq devori qurilmoqda.

Avval xabar qilganimizdek, toshqin Sardoba, Oqoltin va Mirzaobod tumanlaridagi aholi punktlari va ekinlarga katta zarar yetkazgan. Binolar, yo‘llar, aloqa tarmoqlari vayron bo‘lgan. Uchta tumandagi 22 qishloqdan 60 mingdan ortiq odam evakuatsiya qilindi.

Foto