Qozog‘iston prezidenti Qasim-Jomart Toqayev Senat (parlamentning yuqori palatasi) spikeri Darig‘a Nazarboyevaning vakolatlarini tugatish bo‘yicha qarorga imzo chekdi. Bu haqda Akorda saytida xabar berilgan.

Ushbu qarorning sabablari ko‘rsatilmagan.

“D.N.Nazarboyevaga Qozog‘iston Respublikasi Parlamenti Senatining raisi sifatidagi faol va sermahsul faoliyati uchun minnatdorchilik bildiraman”, — deya yozgan Qosim-Jomart Toqayev o‘z Twitter akkauntida.

Darig‘a Nazarboyeva — Qozog‘iston birinchi prezidenti Nursulton Nazarboyevning qizi. U 2016 sentyabr oyidan Senat deputati, 2019 yil mart oyida palata spikeri etib saylangan edi. 2019 yil sentyabr oyida Nazarboyeva Senat raisi sifatida qayta saylangan edi.