O‘zbekiston prezident qarori bilan Xamrayev Erkin Jalilovich O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vazirining o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar berdi.

U Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mita raisining o‘rinbosari sifatida faoliyat yuritib kelayotgan edi. U mazkur lavozimga 11 fevral kuni Hukumat qarori bilan tayinlangan edi.

Oldinroq Erkin Xamrayev O‘zbekistonning Frankfurt-Mayn (Germaniya) shahridagi diplomatik vakolatxonasida bosh konsul bo‘lib ishlagan.