Tojikiston prezidentining o‘g‘li Rustam Imomali mamlakat Milliy majlisining raisi etib saylandi.

Milliy majlisning oltinchi chaqirig‘ining birinchi yig‘ilishida Tojikiston prezidenti Imomali Raxmon Rustam Imomalini Milliy majlis raisi bo‘lganligi bilan tabrikladi.

So‘g‘d viloyati rahbari Axmadzoda Rajabboy raisning birinchi o‘rinbosari, Tog‘li Badaxshon avtonom viloyatining rahbari Fayzov Yodgor esa rais o‘rinbosari etib tayinlanishdi.

Rustam Imomalining raislikka nomzodini Milliy majlis a’zosi Dilbar Odilzoda taklif qilgan. Milliy majlisning barcha a’zolari ushbu taklifni qo‘llab-quvvatlagan.

Tojikiston parlamentining yuqori palatasi hisoblangan Milliy majlis 33 a’zodan iborat bo‘lib, ulardan 25 nafari viloyatlardagi xalq deputatlari kengashlarining yig‘ilishlarida saylansa, qolgan 8 nafari prezident tomonidan tayinlanadi.

27 mart kuni bo‘lib o‘tgan Milliy majlis uchun saylovlarda Dushanbe hokimi Rustam Emomali ham senatorlikka saylangan edi.

Maxmadsaid Ubaydulloyev 2000 yildan beri Milliy majlisning raisi sifatida faoliyati yuritar edi.