Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligi UZINFOCOM yagona integratori hamda IT-Park bilan birga karantin vaqtida uydaqoling.uz elektron xizmatlari portalini ishga tushirdi.

Uydaqoling.uz sayti orqali uydan turib onlayn tarzda ovqatlarga buyurtma berish yoki mahsulotlar xarid qilish, tibbiy maslahatlar olish, masofaviy ta’lim olish, onlayn ish topish va boshqa xizmatlardan foydalanish mumkin.

Portalda 200dan ortiq xizmatlar o‘rin olgan, xizmatlar ro‘yxati kengayishi kutilmoqda, deyiladi xabarda.

Bundan tashqari, har bir kishi mustaqil ravishda yangi xizmatlarni qo‘shish uchun maxsus anketa orqali katalogga taklif berishi mumkin.