8 aprel holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 14 taga oshib, jami 534 nafarni tashkil qilmoqda, deya xabar qildi Sog‘liqni saqlash vazirligi.

Eslatib o‘tamiz, 7 aprel kuni koronavirus bemorlari soni 63 nafarga oshib, jami holatlar 520 taga yetgan edi.