5 aprel kuni Yevropa Komissiyasi prezidenti Ursula fon der Leyen Yevropa Ittifoqi davlatlarini hozirgi koronavirus inqirozining fojiali iqtisodiy oqibatlari yumshatish uchun ittifoq byudjetiga milliardlab sarmoya kiritishga chaqirdi. Bu haqda Germaniyaning Deutsche Welle nashri xabar berdi.

«Bizga Yevropa uchun Marshall rejasi kerak. Kelgusi ofatlarning oldini olish uchun bugun Ittifoqning iqtisodiyotiga milliardlab yevro investitsiya kiritilishi lozim», — deb yozdi Ursula fon der Leyen Welt am Sonntag gazetasiga bergan eksklyuziv sharhida.

U YeI byudjeti inqirozga moslashtirilishi kerakligini hamda ittifoq byudjetiga milliardlab investitsiya kiritilgan holda Yevropa tez orada yana oyoqqa turishi hamda Yevropa xalqlari yangilanishiga ishonch bildirgan.

Ma’lumot uchun, Marshall rejasi — Ikkinchi Jahon urushidan keyin G‘arbiy Yevropa iqtisodiyotiga yordam berish uchun 1948−1952 yillarda AQSH tomonidan tuzilgan tiklash dasturidir.