Yaponiya poytaxti va oltita prefekturasida favqulodda holat joriy etilishi kutilmoqda. Bu haqda mamlakat bosh vazirining Tvitter sahifasida xabar berildi.

«Men favqulodda holatni ertaga ertalab, maslahat kengashi bilan fikr almashganimdan so‘ng e’lon qilaman. Favqulodda vaziyat bir oyga cho‘zilishi mumkin, hokimlarga aholini uyda qolishga va bizneslarni yopishga chaqirish vakolati beriladi, ammo ba’zi boshqa mamlakatlarda kuzatilgan cheklovlar Yaponiyada joriy qilinmaydi. Poyezdlar qatnovi davom etadi va supermarketlar ochiq bo‘ladi», — dedi bosh vazir Abe jurnalistlarga.

Shuningdek, hukumat qariyb 108 trln yen (990 mlrd dollariga teng), xususan, uy xo‘jaliklari va kichik korxonalarga naqd pul to‘lash uchun 6 trln yen (55 mlrd dollar atrofida) va 26 trln yenadan (240 mlrd dollar atrofida) iborat ijtimoiy ta’minot va soliq to‘lovlarini to‘lash uchun rag‘batlantirish dasturini ishga tushirishga qaror qildi.

Ma’lumot uchun, hozirgi vaqtda Yaponiyada COVID-19 koronavirus infeksiyasiga aniqlangan holatlar soni 3 654 taga yetdi. Bunda 85 nafari vafot etgan va 575 nafari sog‘ayib ketgan.