Ayni vaqtgacha O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi aniqlangan holatlar soni 22 taga oshib, 263 nafarni tashkil etmoqda. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vaziriligi xabar berdi.

Ushbu holatlarning 25 tasida bemorlar to‘liq sog‘aygan bo‘lsa, 2 tasida hayotdan ko‘z yumgan.

Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq 4 aprel soat 10:00 holatida O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi tasdiqlangan shaxslar soni 14 kishiga oshib, umumiy 241 nafarga yetgani xabar qilingan edi. Shunday qilib, hozirgacha bir kunlik o‘sish 36 tani tashkil etmoqda.