3 aprel soat 9:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi aniqlangan shaxslar soni 16 taga oshib, 221 nafarni tashkil etmoqda. Bu haqda Davlat bosh sanitariya inspektori Nurmat Otabekov ma’lum qildi.

Otabekovning aytishicha, bemorlarning 17 nafarida pnevmoniya belgilari kuzatilyapti, 4 nafarining ahvoli og‘ir, 2 nafari nisbatan og‘ir.

Hozirgi vaqtda O‘zbekistonda koronavirusdan tuzalgan bemorlar soni 25 kishiga yetgan.