O‘zbekistonda tasdiqlangan koronavirus holatlari soni 10 taga oshib, 75 taga yetdi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati xabar qildi.

Bir kun davomida xabar qilingan holatlar o‘sishi 15 tani tashkil etmoqda. Chorshanba kuni o‘rtasida bu raqam 65 taga yetgan edi.