Madamin Abdugapparovich Safarov O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi (MTRK) raisi o‘rinbosari etib tayinlandi, deya xabar qildi Adliya vazirligi.

U 2017 yildan buyon ushbu lavozimda ishlab kelayotgan Sardor Mirzakarimov o‘rniga tayinlandi. Uning yangi lavozimi haqida esa ma’lum qilinganicha yo‘q.

Madamin Safarov «O‘zbekiston 24» telekanaliga 2018 yil sentyabridan buyon boshchilik qilib kelayotgan edi. Yangi tayinlov munosabati bilan uning telekanal rahbari lavozimini saqlab qolishi hozircha aniq emas. Safarov bunga qadar «Yoshlar» va «Toshkent» telekanallariga ham rahbarlik qilgan.

Foto: Alisher Xo‘jayev.

Bundan tashqari, qariyb uch yildan buyon MTRK raisi vazifasini bajaruvchi sifatida faoliyat ko‘rsatib kelayotgan Alisher Jo‘raqulovich Xo‘jayev teleradiokompaniya raisi etib tasdiqlandi. U 2005−2017 yillarda ham MTRKga rahbarlik qilgan.