O‘zbekistonda koronavirus aniqlangani haqidagi xabarlar fonida turli xil ma’lumotlar internet-messendjerlarda tarqatilmoqda.

Ulardan birida tunda «vertolyotlar deziinfeksiyalash uchun dori-darmonlarni sepishadi, derazalar va balkonlar yopiq bo‘lishi kerak va 23:00 dan keyin ko‘chada bo‘lish mumkin emas» deb xabar berilgan.

Favqulodda vaziyatlar vazirligi matbuot xizmati «Gazeta.uz»ga bu ma’lumotlarning yolg‘on ekanligini bildirdi.

Ota-onalar uchun yana bir «shoshilinch» xabarda aytilishicha, «agar bolalar do‘konlarda, avtobuslarda, ko‘chalarda topilsa, ota-onalar jarimaga tortiladilar».

Ta’lim vazirligi hech bir davlat idorasi bunday ko‘rsatma bermaganligini ma’lum qildi.

Boshqa bir xabar esa fuqarolarning barcha aloqalarini, shu jumladan qo‘ng‘iroqlarini kuzatish va yozishni to‘liq nazorat qilishga bag‘ishlangan.

«Gazeta.uz» so‘roviga binoan O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasining matbuot xizmati quyidagicha izoh berdi:

«Mazkur xabar soxta va uydirma bo‘lib, hech qanday asos va mantiqqa ega emas. Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilaridan esa bunday mazmundagi soxta va yolg‘on xabarlarga e’tibor bermasliklarini va ko‘r-ko‘rona tarqatmasliklarini so‘raymiz. Bunday paytda faqat rasmiy manbaga tayanish kerakligini yani bir bor iltimos qilamiz».

Eslatib o‘tamiz, davlat idoralari tomonidan rasmiy ma’lumotlarni yetkazish uchun Koronavirus Info Telegram-kanali ochilgan.