O‘zbekistonda Covid-19 koronavirusini yuqtirib olganlar soni olti kishiga yetdi, deya xabar qildi Sog‘liqni saqlash vazirligi. Virus birinchi bemorning turmush o‘rtog‘i va nevarasida ham aniqlandi.

Avvalroq 11 mart kuni Parijdan kelgan ayolning o‘g‘li va qizi ham kasallikni yuqtirgani tasdiqlangan edi. Ushbu uch kishida virus borligi 15 mart kuni ma’lum bo‘ldi. Xuddi shu kuni Istanbuldan kelgan O‘zbekiston fuqarosida ham koronavirus aniqlandi.

Sog‘liqni saqlash vazirligi bemor bilan aloqaga kirishgan odamlar ro‘yxati tuzilgani hamda ular ustidan tibbiy nazorat o‘rnatilganini ma’lum qildi.