«O‘zavtosanoat» kompaniyasi raisi Shavkat Umurzoqov «Gazeta.uz» ga bergan intervyusida avtomobillar narxining ko‘tarilish sabablari, ular tannarxining pasayishi va bajarilgan majburiyatlar haqida gapirdi.

9 mart kuni UzAuto Motors Spark va Damas (10−21%), Nexia (15−19.4%), Cobalt (10−14.7%) va Lacetti (3%) narxlarini oshirdi, ammo bu haqda 11 mart kuni xabar berdi. Bungacha ishlab chiqaruvchi 2017 yil iyun oyida (Spark, Nexia va Cobalt) va 2018 yil avgustda (Lacetti, Damas va Malibu) avtomobillar narxini oshirgan edi.

Shavkat Umurzoqovning ta’kidlashicha, kompaniyaga qo‘shilishdan oldin (2018 yil iyun oyida) UzAuto Motorsning qariyb 500 million dollar qarzlari bo‘lgan va bir qator avtomobil modellari zarariga ishlab chiqarilgan (1000 dollar va undan yuqori). Uning so‘zlariga ko‘ra, avtomobillar tannarxiga bir necha omillar ta’sir ko‘rsatdi:

  • 2017 yil sentyabr oyidan beri dollar ayirboshlash kursining o‘sishi sababli Spark, Nexia, Cobalt modellari uchun so‘mdagi tannarxlar 22,2% ga, Lacetti va Damas tannarxi 14,3% ga oshdi;
  • xom-ashyo narxlari indeksining 25 foizga o‘sishi, tannarxning so‘mda 2,7% ga o‘sishiga olib keldi;
  • kommunal xizmatlar narxlari 9,7% ga oshdi, bu esa o‘z navbatida, tannarxning 0,2% ga oshishiga olib keldi;
  • avtomobil qismlarini tashish bo‘yicha xizmatlar tariflarining 6,7% ga o‘sishi, so‘mdagi narxlarning 0,3% ga oshishiga olib keldi.

«O‘zavtosanoat» rahbari ta’kidlaganidek, «agar kompaniya shunchaki pul ishlab olmoqchi bo‘lsa, unda narxlar 3−4% ga emas, balki 40% ga ko‘tarilar edi».

«Ammo biz tannarxni pasaytirish va xarajatlarni kamaytirish hisobiga narxlarni ushlab turdik. Eski narxlarni ushlab turish mumkin bo‘lgan joyda biz ularni o‘zgartirmadik. Boshqa avtomobillarda narxni ko‘tarishga to‘g‘ri keldi», dedi u.

Shavkat Umurzoqov narxlarni ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish va xarajatlarni optimallashtirish orqali ushlab turilganini ta’kidladi. Xususan, amalga oshirilgan chora-tadbirlar natijasida 2018 yil oxirida UzAuto Motors ishlab chiqarish xarajatlarini 936 mlrd. so‘mga (7,7%), 2019 yilda 814 mlrd. so‘mga (6,6%) kamaytirdi va 2020 yilda 1,2 trln so‘mga xarajatlarni kamaytirish kutilmoqda.

«2017−2018 yillarda kompaniya 3% dan 17% gacha zarar hisobiga qator avtomobillarni ishlab chiqarar edi, imtiyozlar va ikki xil valyuta kurslariga qaramay, 500 million dollardan ortiq qarzdor edi. Ammo keyin biz narxlarni biroz ko‘tardik (2018 yil avgust oyida 7,7 foizga), tannarxini kamaytirish va xarajatlarni optimallashtirish orqali kompaniya o‘z-o‘zini ta’minlashga erishdi va foyda oldi», — deya izohladi «O‘zavtosanoat» raisi.

U ommabop avtoulovlarning daromadliligi past, Malibu, Tracker va boshqa premium avtomashinalar esa yuqori marjalarga ega ekanligini ta’kidladi.

«Nega Lacetti 3 foizga ko‘tarildi? Chunki biz unga narxlarni 2018 yilda ko‘targan edik. Boshqa avtomobillar narxlari oshirilmaganligi uchun hozir ko‘proq foizga oshdi», — dedi u.

«O‘zavtosanoat» rahbari ta’kidlashicha, aksiyalar va chegirmalar doirasida xaridorlarga 27 mingdan ortiq mashina sotilgan va bu ularga 114 milliard so‘mdan ko‘proq mablag‘ni tejashga imkon bergan. Kompaniya mablag‘lari hisobidan mijozlarga shuningdek 1,3 trln. so‘m miqdoridagi 25 mingdan ortiq avtomobil foizsiz to‘lovlar asosida berildi.

Shavkat Umurzoqov ta’kidlashicha, kompaniya avtomobillar tannarxini pasaytirish bo‘yicha o‘z majburiyatlarini bajardi, bu dollar qiymatida ularning arzonlashishiga olib keldi.

Dollardagi narxlar bozor kursi bo‘yicha hisoblangan. Manba: «O‘zavtosanoat»

Masalan, keskin devalvatsiyadan so‘ng, Cobalt avtomobili (LT c/k) 2017 yil sentabr oyida 83,9 million so‘m (10 752 dollar) ga tushdi. 2018 yil avgust oyida uning qiymati qo‘shimcha opsiyalar qo‘shilishi sababli 84,2 million so‘mga ($ 10,722) oshdi va 2019 yil oktabr oyida avtomobil ishlab chiqaruvchilar uchun QQS bo‘yicha imtiyozlar bekor qilingan paytga qadar Cobalt yo‘l fondiga boj undirishni hisobga olgan holda 87,1 million so‘mga (9252 AQSH dollari) sotila boshlandi — ayirboshlash kursi o‘zgarganligi tufayli dollar kursida avtomobil arzonlashdi. 4-martdagi oxirgi narx 95,8 million so‘m (10 070 AQSH dollari) etib belgilandi, bu 2017 yil narxlaridan 682 dollarga past, deb ta’kidladi «O‘zavtosanoat» rahbari.

«Agar siz Nexia 3 rusumli avtomobil narxining dinamikasiga nazar tashlasangiz, keskin devalvatsiyadan so‘ng, 2017 yil sentabr oyida Nexia 3 (LT M\T) avtomobili 73,2 million so‘m (9389 dollar) ga tushdi. 2018 yil avgust oyida qo‘shimcha qiymatlar qo‘shilishi sababli uning qiymati 73,7 million so‘mga (9 391 AQSH dollari) oshdi va 2019 yil oktabr oyida avtomobil ishlab chiqaruvchilar uchun QQS imtiyozlari bekor qilinganda Nexia 3 avtomobil yo‘llari jamg‘armasi uchun to‘lovlarni hisobga olgan holda 75,9 million so‘mga (8 069 AQSH dollari) sotila boshlandi — ayirboshlash kursining o‘zgarishi tufayli dollar kursida avtomobil arzonlashdi. 4 martdagi so‘nggi narx 87,3 million so‘m (9182 dollar) etib belgilandi, bu 2017 yildagi narxdan 207 dollarga past «, — dedi Shavkat Umurzoqov.

Spark ga kelsak, avtoulovning hozirgi qiymati dollar narxida 2017 yildagi narxlarga nisbatan, LS M/T uskunalari narxi 580 dollarga pasaydi, LT A/T esa 275 dollarga ko‘tarildi. 2018 yilgi narxlar bilan taqqoslaganda, Malibu barcha uskunalar bo‘yicha 305 dan 5262 dollarga, Lacetti 1642 va 1868 dollarga arzonlashdi.
Shu bilan birga, Damas ning «dollar» qiymati 223 va 230 dollarga oshdi, 495 dollarga narxi pasaygan LABO pozitsiyasi bundan mustasno.

Biz o‘z majburiyatlarimizni bajardik. Biz avtomobillar narxini pasaytirdik va shu bilan birga QQS bo‘yicha majburiyatlarni o‘z zimmamizga oldik (QQS imtiyozlari bekor qilingandan keyin UzAuto Motors narxlarni oshirmadi — tahr.). Shunga qaramay, biz davlat byudjetiga daromadlar keltiradigan, shuningdek, investitsion muhitni yaxshilagan daromadli kompaniya bo‘ldik", — dedi Shavkat Umurzoqov.

Bundan tashqari, «O‘zavtosanoat» boshqaruvi raisi UzAuto Motors ning yangi avtomobillarining narxlarini turli xil mamlakatlarda shunga o‘xshash bo‘lgan modellarga taqqosladi:

  • Meksikada Spark yengil modifikatsiyasining narxi 11−14 ming dollarni, O‘zbekistonda 7−9 ming dollarni tashkil qiladi;
  • Braziliyadagi Cobalt — 15−16 ming dollar, O‘zbekistonda 10−12 ming dollar;
  • Misrda Nexia 3 narxi 12 ming dollar, O‘zbekistonda esa 9−11 ming dollar turadi.

2019 yil 1 oktyabrda UzAuto Motors «to‘laqonli soliq to‘lovchiga» aylanib, soliq imtiyozlaridan mahrum bo‘ldi. 2019 yilda kompaniyadan byudjetga va byudjetdan tashqari jamg‘armalarga soliq tushumlari 2,5 trillion so‘mni (263 million dollar) tashkil etgan bo‘lsa, 2020 yilda bu ko‘rsatkich 4,2 trillion so‘m (442 million dollar) miqdorida bo‘lishi kutilmoqda.

Uning ta’kidlashicha, 1,5 yil ichida kompaniya banklar oldida 300 million dollardan ortiq kredit majburiyatlarini bajardi. Umuman, 543 million dollarlik qarzlar yopildi, deya qo‘shimcha qildi u.

Shavkat Umurzoqov shuningdek, yosh va istiqbolli mutaxassislar, xorijiy xodimlarni jalb qilish, shuningdek, savdo tizimidagi korrupsiyaga to‘liq barham berish, avtoulovlarni yetkazib berish vaqtini qisqartirish, sifatni yaxshilash, ishlab chiqarishni sezilarli ravishda ko‘paytirish, avtomobillar tarkibini kengaytirish va yangilash bo‘yicha qilingan ishlarni eslatib o‘tdi.

2020 yilda UzAuto Motors ishlab chiqarish hajmini 300 mingta avtomobilgacha oshirish rejalashtirilgan. O‘tgan yili bu ko‘rsatkich rekord darajadagi 271,1 mingga, 2018 yilda 220,6 mingga, 2017 yilda esa 140,2 mingga yetgan edi.

Avval xabar berganimizdek, «O‘zavtosanoat» import qilinadigan xorijiy avtomobillarga bojlarni kamaytirishni taklif qilgan edi.