4 martdan boshlab Farg‘ona-Olmaota yo‘nalishida muntazam avtobus qatnovlari yo‘lga qo‘yilmoqda, deya xabar qildi Transport vazirligi matbuot xizmati.

Yo‘nalishning umumiy masofasi 1202 km bo‘lib, harakat vaqti 22 soat 20 daqiqani tashkil etadi. Qatnov «Farg‘ona shahar atrofi» avtoshohbekatidan soat 11:00 boshlanadi. Chiptalarni «Farg‘ona shahar atrofi» avtoshohbekati va «Sayran» avtovokzallaridan harid qilish mumkin.

Mazkur yo‘nalishda «Uzautotrans Service» va «Tulpar-Baykonыr» korxonalari yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatadi.