Sirdaryo viloyatining Boyovut tumanida ikki kishi is gazidan zaharlanishidan vafot etdi, deb xabar qildi Favqulodda vaziyatlar vazirligi matbuot xizmati.

Hodisa 26 fevral kuni Madaniyat mahallasidagi xonadonlaridan birida yuz berdi. S.K. (2000 yilda tug‘ilgan) va S.K (2004 yilda tug‘ilgan) hodisa natijasida olamdan ko‘z yumdi.

Binoga is gazi AGV isitish pechkasidan chiqqan. Hozirda hodisa yuzasidan tergov davom ettirilmoqda, deb xabar berdi FVV.

Bir kun avval, 25 fevral kuni Farg‘ona viloyatida ikkita holatda is gazidan zaharlanishdan ikki kishi halok bo‘lgan edi.