Qo‘qondagi choyxonalardan birida sodir bo‘lgan janjal vaqtida ov qurolidan foydalanildi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati rahbari Hayot Shamsutdinov xabar qildi.

Qayd etilishicha, 6 fevral kuni soat 00.10 larda Qo‘qon shahridagi choyxonalardan birida fuqaro J.J. fuqaro B.M. va uning ikki nafar sheriklari bilan janjal davomida, J.J. choyxona kirish eshigi oldida turgan B.M. va uning sheriklariga o‘zida bo‘lgan o‘q otar qurol (ov miltig‘i) dan ikki marotaba o‘q otib, tan jarohati yetkazgan va voqea joyidan yashiringan.

Jabrlanuvchilar olgan jarohatlarning og‘irlik darajasini aniqlash maqsadida sudga oid ekspertiza tayinlangan.

Mazkur holat yuzasidan JKning 25,97-moddasi 2-qismi «a, p» bandlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.