Buyuk Britaniyaning Yirik firibgarliklarga qarshi kurashish boshqarmasi (Serious Fraud Office) ilk bor O‘zbekistonning birinchi prezidenti Islom Karimovning qizi Gulnora Karimova bilan bog‘liq bo‘lgan mol-mulklarning batafsil ro‘yxatini e’lon qildi.

SFO — Buyuk Britaniya hukumatining korrupsiya bilan bog‘liq ishlarni tergov qilish va sudga tortish uchun javobgan bo‘linmasidir. 2018 yil oktyabr oyida SFO 2002 yildagi jinoiy yo‘llar bilan topilgan daromadlar to‘g‘risidagi qonun asosida mol-mulklarni olib qo‘yish to‘g‘risidagi da’vo bilan Angliya Oliy sudiga murojaat qilgan edi. Da’vo bir qator mol-mulklar, shu jumladan uchta ko‘chmas mulk ob’ekti, SFO ma’lumotlariga ko‘ra, Gulnora Karimova va Rustam Madumarovlar ishtirokida O‘zbekistonda korrupsiya bilan bog‘liq operatsiyalardan olingan. Aynan qanday aktivlar nazarda tutilgani o‘sha vaqtda ma’lum qilinmagan edi.

O‘tgan yilning dekabr oyida The Gazette jurnalida e’lon qilingan yangi da’vo arizasi to‘g‘risidagi xabarda SFO mol-mulklarning to‘liq ro‘yxati keltirilgan. Ular quyidagilarni o‘z ichiga oladi:

  1. Surrey grafligida joylashgan Gorse Hill qasri va uning atrofidagi yerlar. Ushbu mulk Rawtenstall International Limited kompaniyasiga tegishli. Britan OAVlari hisob-kitoblariga ko‘ra, uyning qiymati 30 mln funt sterlingni (39 million dollar) tashkil etadi;
  2. Porchester Industries Limited kompaniyasiga tegishli bo‘lgan London shahridagi 8 Market Mews ko‘chasidagi ko‘chmas mulk;
  3. Londonning Chesham Place ko‘chasidagi Oregon Group Limited kompaniyasiga tegishli kvartira;
  4. Emirates NBD Bank bankida Rustam Madumarov nomidagi taxminan 10 million funt sterling miqdoridagi pul va unga hisoblangan foizlar;
  5. Coutts & Co bankida Quastel Midgen LLP kompaniyasi hisobidagi 46,8 ming funt sterling va unga hisoblangan foizlar;
  6. Principia Estate va Asset Management kompaniyalariga tegishli bo‘lgan 5400 funt sterling;
  7. Principia Estate va Asset Management / Farrar & Co kompaniyalariga tegishli bo‘lgan 7512 funt sterling.

Da’vo bo‘yicha javobgarlar — Gulnora Karimova, Rustam Madumarov va Islom Karimov, shuningdek, nomiga ko‘chmas mulk sotib olingan bir qator kompaniyalar. Da’voda sanalgan barcha kompaniyalar Buyuk Britaniyaning Virjiniya orollarida ro‘yxatga olingan. Finance Uncovered ushbu kompaniyalardan birini — Rawtenstall International Limited — anonim soxta firma deb atadi.

Gulnora Karimova 2019 yil mart oyidan buyon Toshkent viloyati Zangiota tumanidagi 21-umumiy tartibli koloniyada saqlanmoqda. Shu yilning yanvar oyida Toshkentda Karimova va boshqalarga qarshi navbatdagi jinoiy ish bo‘yicha sud mahkamasi boshlandi. Shuningdek, u yana bir ishning ishtirokchisi hisoblanadi.