26 yanvar kuni 3:20 da Tomsk viloyati Asinovskiy tumani Prichulimskiy posyolkasida joylashgan yog‘ochli uy yonishi natijasida halok bo‘lgan 10 nafar O‘zbekiston fuqarosining jasadlari Toshkentga yetkazildi. Bu haqda O‘zbekiston TIV matbuot xizmati xabar qildi.

Qolgan ikki nafar narhum jasadlari DNK tahlili natijalari aniqlangandan keyin yuboriladi.

O‘zbekistonning Novosibirskdagi Bosh konsulxonasi ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekiston fuqarolari ishlagan «Greyenvood» MCHJ o‘rmon kesish kompaniyasi direktori huquqni himoya qilish idoralari tomonidan qo‘lgan olingan.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston prezidenti topshirig‘i bilan Tomskdagi fojia sabablarini o‘rganish hamda halok bo‘lganlar va jabrlanganlarning oilalariga yordam ko‘rsatish uchun hukumat komissiyasi tuzilgan.

O‘zbekiston FVV matbuot xizmati ma’lumotlariga ko‘ra, halok bo‘lganlarning jasadlarini yetkazish va dafn marosimi tadbirlari xarajatlari davlat tomonidan qoplanmoqda.