Juma kuni kechqurun Turkiyaning sharqiy Malatya va Elazig‘ viloyatlarida sodir bo‘lgan kuchli zilzila oqibatida kamida 22 kishi halok bo‘ldi va 1000 dan ortiq kishi jarohatlandi, deya xabar berdi Novosti RAA Anadolu axborot agentligiga tayanib. Mintaqada inshootlar, shu jumladan turar-joy binolari qulab tushdi.

Elazig‘ provinsiyasining Sivrije shahri atrofida joylashgan zilzila o‘chog‘ida uning magnitudasi 6,8 ga teng bo‘ldi. Yer osti silkinishlari mamlakatning qo‘shni viloyatlarida, shuningdek Iroq, Suriya va Isroilda ham sezilgan.

Prezident Rejep Tayyib Erdo‘g‘on vaziyatni nazorat qilib turganini ma’lum qildi. Tabiiy ofat hududida mamlakatning 28 viloyatidan 500 ga yaqin qutqaruv guruhi ishlamoqda. Zilzila sodir bo‘lgan joyga chodirlar va zarur ashyolar yetkazib berildi.

Uyali aloqa operatorlari Elazig‘ va Malatyada bepul aloqa xizmatlarini taqdim etishlarini e’lon qilishdi.