Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi Recruit consulting work xususiy bandlik agentligiga berilgan litsenziyaning amal qilishi vaqtinchalik to‘xtatilganini ma’lum qildi. Unga binoan agentlik O‘zbekistondan tashqarida ish izlayotgan shaxslarni ishga joylashtirish faoliyati bilan shug‘ullanish faoliyati so‘roq ostida qoladi.

Ta’kidlanishicha, vazirlik huzuridagi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligiga kompaniya faoliyati ustidan ko‘plab fuqarolardan shikoyat arizalari kelib tushgan.

Bunday vaziyatda vazirlik agentlikning litsenziya amal qilishini 10 ish kun muddatga to‘xtatib qo‘yishga haqli. Qoida tariqasida, shu vakqt davomida agentlik tomonidan fuqarolar bilan tuzilgan shartnoma shartlari bajarilishi talab etiladi.

Avvalroq, 2019 yil sentyabr oyida 52 kishi Human bandlik agentligi bilan shartnomalar tuzilgani bildirilgan jamoaviy shikoyat bilan huquqni muhofaza qilish organlariga murojaat qilishgan edi. Arizachilarning har biri agentlik xizmatlari uchun 18 milliondan 35 million so‘mgacha, jami 1,67 milliard so‘m to‘lagan, lekin hech biri chet elga ishlash uchun ketolmagan.

Human agentligi faoliyatidan aziyat chekkan fuqarolar Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi ko‘magida chet elga ishga yuborilmoqda.