3−14 fevral kunlari Xitoyning Uxan shahrida Osiyo-Okeaniya qit’alari uchun boks bo‘yicha Tokio Olimpiadasiga yo‘llanma beruvchi musobaqa o‘tishi belgilangan edi. Ushbu hududda hayot uchun xavfli korona-virusning tarqalishi sabab litsenzion turnir bekor qilindi. Bu haqda MOQ matbuot xizmati xabar berdi.

Xalqaro Olimpiya qo‘mitasi shafeligida o‘tadigan litsenzion musobaqa qachon va qayerga ko‘chirilishi borasida yangilik yaqin kunlar ichida e’lon qilinadi.

Eslatib o‘tamiz, ayni paytda O‘zbekiston terma jamoasi Uishan shahrida o‘quv-mashg‘ulot yig‘inini o‘tkazmoqda, deyiladi xabarda.