16 yanvar kuni soat 9:15 da Navoiy shahridagi 4 qavatli savdo majmuasida yong‘in chiqdi. Hodisaning fotosuratlari va videolari ijtimoiy tarmoqlarda paydo bo‘ldi.

O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamentining xabar berishicha, yong‘in natijasida 150 kvadrat metr maydonda joylashgan 6 kiyim-kechak do‘koni butunlay yonib ketgan, yana 14 do‘konga katta zarar yetgan.

Tan jarohatlari olganlar va vafot etganlar yo‘q.

Voqea joyida tergov-tezkor guruh ishlamoqda. Yong‘in sabablari aniqlanmoqda.