58 kg vazn toifasida parataekvondo bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi sharafini himoya qilayotgan sportchi Guljanoy Naimova Tokioda bo‘lib o‘tadigan Yozgi Paralimpiya o‘yinlariga litsenziyani qo‘lga kiritdi, deb xabar bermoqda Milliy olimpiya qo‘mitasi.

Qo‘mitaning ta’kidlashicha, bu O‘zbekiston parataekandosi tarixidagi birinchi litsenziyadir. Tokio-2020 Paralimpiadasi uchun qo‘lga kiritilgan jami yo‘llanmalar soni o‘n oltiga yetdi.

Tokio Paralimpiadasiga Osiyo qit’asi uchun yo‘llanma beruvchi yakuniy turnir 10−12 aprel kunlari Xitoyning Usi shahrida o‘tkaziladi.