26 dekabr kuni taxminan 19:30 larda Farg‘ona viloyati Oltiariq tuman hududida «4P112 Farg‘ona-Qo‘qon» xalqa yo‘lining 241 km.da 2 ta Nexia avtomashinasi va Isuzu yo‘lovchi avtobusi ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan, deya xabar berdi O‘zbekiston IIV huzuridagi Tergov departamenti.«Gazeta.uz»ning Tergov departamenti matbuot xizmatidan aniqlik kiritishicha, to‘rt yo‘lovchisi bo‘lgan Nexia boshqa yengil mashina uni chap tomondan urib yuborganidan so‘ng yo‘lning qarama-qarshi yo‘nalishiga chiqib ketgan.

Avtobus bilan to‘qnashgan Nexia avtomobilining to‘rt nafar yo‘lovchisi olgan tan jarohatlaridan hodisa joyida vafot etdi. Avtobusda, dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, haydovchi bilan birga 9 kishi bo‘lgan.

Hodisa sabablari va tafsilotlari o‘rganilmoqda.