Bosh vazir Boris Jonson boshchiligidagi Buyuk Britaniyaning Konservativ partiyasi 12 dekabr kuni bo‘lib o‘tgan parlament saylovlari natijalariga ko‘ra Vakillar palatasidagi 650 o‘rindan 355tasini qo‘lga kiritdi, deya xabar qildi BBC rus xizmati.

Konservatorlarning asosiy raqiblari Jeremi Korbin boshchiligidagi leyboristlar 202 o‘ringa, Shotlandiya milliy partiyasi — 48 o‘ringa, Liberal-demokratik partiyasi — 10 o‘ringa, Shimoliy Irlandiya Demokratik ittifoqi partiyasi — 8, Uels partiyasi — 4, yashillar partiya — 1 o‘ringa ega bo‘ldi. Bundan tashqari, 14 mustaqil deputat parlamentdan joy oldi.

Konservatorlar Boris Jonson va Bryussel hukumati tomonidan imzolangan Buyuk Britaniyaning Yevropa Ittifoqidan chiqishi to‘g‘risidagi bitimni zudlik bilan ratifikatsiya qilmoqchi va 2020 yil 31 yanvarda qirollik rasmiy ravishda Yevropa Ittifoqi tarkibidan chiqadi.