Bosh prokuratura huzuridagi departament xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, Toshkent shahar, Uchtepa tuman xalq ta’limi bo‘limining xo‘jalik ishlari bo‘yicha mudir o‘rinbosari J.N. fuqaro N.T.ga «Sherobod Agrosanoat kasb-hunar kolleji»ni 2007−2010 yillarda o‘qib tamomlaganligi haqidagi qalbaki diplomni 2 200 AQSH dollariga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati «Gazeta.uz»ga xabar berdi.

Mazkur holat yuzasidan J.N.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 228-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.