Hukumatning 2019 yil 11 noyabrdagi qarori bilan Abdug‘affor Karimjonovich Qirg‘izboyev Vazirlar Mahkamasi Davlat tilini rivojlantirish departamentining mudiri etib tayinlandi. Bu haqda «Huquqiy axborot» kanali orqali xabar berildi.

Eslatib o‘tamiz, mazkur departament prezidentning 2019 yil 21 oktyabrdagi farmoniga asosan tashkil etilgan. Davlat tilini rivojlantirish, davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi ustidan monitoringni amalga oshirish, ushbu sohada jamoatchilik nazoratining samarali shakllarini joriy etish departament asosiy vazifalaridan sanaladi.