11 noyabr kuni taxminan 8:30 da Toshkent viloyati Quyichirchiq tumani «Surum» mahallasi Namunali uy ko‘chasida isitish qozonidan gaz sizib chiqishi portlashga sabab bo‘ldi.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, portlash va uy tomining qulashi natijasida ikki kishi hayotdan ko‘z yumdi, deya xabar qildi O‘zbekiston IIV huzuridagi Tergov departamenti.

O‘zbekiston FVV yana to‘rt kishi turli dajarajagi tan jarohatlari bilan Respublika shoshilinch tez tibbiy yordam markaziga joylashtirilganini xabar qildi.

Hozirda hodisa sabablari o‘rganilmoqda.