2019 yil 25 oktyabr kuni Chiroqchi tumanidagi 89-umumiy o‘rta ta’lim maktabining 8-«b"sinf o‘quvchisi Xoldorov Jamshid Bobur o‘g‘lini maktabning o‘quvtarbiya ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari A.Xudayberdiyev sinfxonadagi o‘quvchilar oldida urganligi hamda sha’ni va qadr-qimmatini yerga uruvchi haqoratli gaplarni aytganligi sababli o‘quvchining bobosi X.To‘rayev maktabga kelib, A.Xudayberdiyevga nisbatan u aytgan haqoratli gapini isbotlab berishini, agar isbotlab bermasa, unga nisbatan e’tiroz bildirib tegishli joylarga murojaat qilishini bildirgan. Bu haqda Qashqadaryo viloyat xalq ta’limi boshqarmasi xabar berdi.

Mazkur holat yuzasidan 89-umuiy o‘rta ta’lim maktabi o‘quv tarbiya ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari A.Xudayberdiyev qayerda ekanligi surishtirilganida, 2019 yil 28 oktyabr kuni soati 12−00dan tuman tibbiyot birlashmasidagi terapiya bo‘limida yotib davolanayotganligi aniqlandi va A.Xudayberdiyev bilan suhbat o‘tkazilganda, o‘quvchisi Xoldorov Jamshid Bobur o‘g‘lini urmaganligi va haqorat qilmaganligini aytdi.

89-umuiy o‘rta ta’lim maktabi o‘quv tarbiya ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari A.Xudayberdiyev kasalxonadan chiqqandan keyin faoliyati to‘liq o‘rganilib, amaldagi qonunchilikka asosan chora ko‘riladi.

Ushbu holat yuzasidan tegishli o‘rganish holatlari davom ettirilmoqda.