Markaziy Osiyoda qashshoqlik darajasi qisqarishda davom etmoqda, biroq uning sur’atlari sekinlashmoqda, deya xabar qildi Jahon banki matbuot xizmati «Gazeta.uz»ga. Yangi ma’lumotlar 17 oktbyar — Qashshoqlikka qarshi kurash xalqaro kuni munosabati bilan e’lon qilindi.

«Ijobiy holat sifatida Markaziy Osiyoda qashshoqlikning qisqarishi sohasidagi o‘sishni qayd etish joiz, — deya izoh berdi Jahon bankining Markaziy Osiyo bo‘yicha mintaqaviy direktori Liliya Burunchuk. — Shu bilan birgalikda, ushbu jarayon bugun avvalgiga qaraganda ancha sekin kechmoqda. Shuning uchun barqaror va inklyuziv o‘sishni ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar mintaqa davlatlarining ustuvor vazifalardan biri bo‘lishi lozim».

2000-yillardan boshlab Markaziy Osiyodagi barcha davlatlar qashshoqlikning qisqarishida sezilarli o‘sishni namoyon etdi, biroq uning katta qismi avvalgi o‘n yillikning birinchi yillariga to‘g‘ri keldi. Tahlilchilarning fikricha, o‘sishning sekinlashuvi qator iqtisodiy chaqiriqlarda hamda aholining ijtimoiy zaif qatlamlarini ish va mehnatga munosib haq bilan ta’minlashda aks etmoqda. Mintaqadagi yoshlar va ayollar ishsizlik yoki past oylik ish haqidan ko‘proq aziyat chekishmoqda.

Jahon banki ma’lumotlariga ko‘ra, 2018 yilda O‘zbekistonda 15−24 yoshdagi ayollar o‘rtasidagi ishsizlik 25 foiz, xuddi shu yoshdagi erkaklar o‘rtasida esa 13 foizni tashkil etdi. Qirg‘izistonda 15−28 yoshdagi ayollar o‘rtasidagi ishsizlik 15 foiz, xuddi shu yoshdagi erkaklar o‘rtasida esa 9 foizni tashkil etdi.

Markaziy Osiyoda ishsizlik asosan katta shaharlar bilan yaqin aloqasi bo‘lmagan qishloq joylarida keng tarqalgan. Qirg‘iziston va Tojikistonning ayrim tumanlarida bu ko‘rsatkich 40 foizdan ko‘proqqa yetgan.

Vaziyat tahlillari MOda o‘rta sinf Nur-Sulton, Olma Ota, Toshkent kabi bir nechta yirik shaharlar va ular atrofida ko‘proq, Dushanbe va Bishkekda pastroq darajada. Bunda aksariyat odamlar ularda yashash qimmatligi bois ushbu shaharlarga ko‘chib o‘ta olmaydi.

Xususan, Toshkentda yashash narxlari mamlakat bo‘ylab o‘rtacha ko‘rsatkichdan 550 foiz balandroq, Olma Otada esa 240 foiz, Nur-Sultonda — 190 foizni yuqoriroqni tashkil etmoqda. Mahalliy daromadlar nuqtai nazaridan ushbu shaharlarda turar joylar dunyoning San-Fransisko, Sidney va Vankuver kabi megapolisga qaraganda qimmatroq, deya qayd etdi JB.

Jahon banki aholining zaif qatlamlari uchun ish o‘rinlarini ochish va oylik ish haqlari o‘sishini rag‘batlantirish, ichki migratsiya uchun huquqiy cheklovlarni olib tashlash, arzon turar joylar bilan ta’minlashni tavsiya qilmoqda.