Toshboyev Mirzabek Mahmudjonovich 2019 yil 12 oktyabrdan Ohangaron tumani hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. Bu haqda Toshkent viloyati hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

Mirzabek Toshboyev 1987 yil 19 yanvarda Toshkent viloyatining Bo‘ka tumanida tug‘ilgan. Millati o‘zbek. 2013 yilda Toshkent viloyati davlat pedagogika institutini tamomlagan.

Mehnat faoliyati davomida sobiq «Kamolot» YOIHning turli bo‘limlarida hamda viloyat hokimligining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha kotibiyatida ishlagan.