7 oktyabr kuni O‘zbekiston ilmiy jurnallari retsenziyadan o‘tkaziluvchi raqamli platforma — Uzbekistan Research Online`ning taqdimot marosimi bo‘lib o‘tdi, deya xabar qildi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi matbuot xizmati.

Loyiha doirasida xalqaro texnik standartlarga mos keluvchi, retsenziyadan o‘tkaziluvchi milliy OTMlarining ilmiy jurnallar butun dunyoning 700 dan ortiq yetakchi universitetlari tomonidan foydalaniladigan Digital Commons Network global tarmog‘iga integratsiyalashadi.

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi va Elsevier kompaniyasi (Niderlandiya) o‘rtasida tuzilgan bitimga ko‘ra, kompaniya mutaxassislari tomonidan milliy OTMlari ilmiy jurnallarni birlashtirgan hamda ikki marta anonim retsenziyadan o‘tkazish (double-blind peer review) konfiguratsiyasini qo‘llash imkoni mavjud bo‘lgan noyob platforma yaratildi.

Mazkur platforma universitetlarning xalqaro reytingga kirish va o‘zbek fanini keng jahon ilm olamiga tanitish imkonini beradi, deyiladi xabarda.