9 oktyabr kuni 15:44 da Afg‘onistonda sodir bo‘lgan zilzila Toshkent va boshqa shaharlarda ham qayd etildi.

FVV Seysmoprognostik monitoring respublika markazi ma’lumotlariga ko‘ra, zilzila magnitudasi 5,5 ni tashkil etdi.

Yer osti silkinishlari kuchi Toshkentda (epitsentrdan 524 km), Namangan, Andijon, Farg‘ona, Guliston, Jizzax, Samarqand va Qarshida 2 ball, Termizda (293 km) esa 2−3 balga yetdi.