Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 5 oktyabrdagi qarori bilan Bosh vazirning Tadbirkorlar murojaatlarini ko‘rib chiqish qabulxonalari huzurida Tadbirkorlarning jamoatchilik kengashlari tashkil etildi. Bu haqda «Huquqiy axborot» kanali orqali xabar berildi.

Qaror bilan Tadbirkorlarning jamoatchilik kengashlari to‘g‘risidagi namunaviy nizom tasdiqlandi.

Unga ko‘ra, Tadbirkorlar kengashlari o‘z ishini jamoatchilik asosida olib boradigan, doimiy faoliyat yurituvchi maslahat-kengash organi hisoblanadi.

Kengash tarkibi faol tadbirkorlar, huquqshunoslar va jamoatchilikning boshqa vakillaridan iborat fuqarolar orasidan saylab olinadi.

Kichik biznes va tadbirkorlikni rivojlantirishga to‘siq va g‘ov bo‘layotgan muammolarni bartaraf etish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqish hamda Kichik biznes va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligiga, vakolatli davlat organlariga taqdim etish Kengashning asosiy vazifalaridan biri hisoblanadi.

Kengash tarkibi har uch yilda tasdiqlanadi.