O‘zbekistonning Turkiyadagi elchixonasi 23 sentabr kuni Anqarada O‘zbekiston fuqarosi Nodira Qurbonovaning fojiali o‘limi bilan bog‘liq vaziyat o‘z nazoratida ekanligini ma’lum qiladi, deya xabar berdi TIV matbuot xizmati.

Anqara prokuraturasi bergan ma’lumotga ko‘ra, ayni paytda tergov tadbirlari olib borilmoqda, jumladan, guvohlar so‘roq qilinmoqda, telefon so‘zlashuvlar va elektron yozishlamalar mazmuni o‘rganilmoqda. Tegov organlari sud-tibbiy ekspertiza xulosasini kutmoqda.

Shuningdek, elchixona xodimlari Turkiyada yashaydigan o‘zbek diasporasi vakillarining mazkur masala bo‘yicha savollariga javob bermoqda.

Turkiya nashrlarining xabar qilishicha, 23 yoshli Nodira Qodirova hukmron «Adolat va taraqqiyot partiyasi» deputati, iste’fodagi general-mayor Sirin Unalning uyida enagalik qilgan. U ish joyida deputatga tegishli to‘pponcha bilan o‘z joniga qasd qilgan.