Ma’lumki, 10 sentyabr kuni «Ba’zi davlat ор­ганларининг faoliyati takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim қо­нун hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida"gi qonun қа­­buл қи­линди.

Yangi qonun bilan «Sudlar тўғ­рисида"gi va «O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi to‘g‘risida"gi qonunlarga muhim o‘z­гартиш va қў­шимчалар kiritildi.

Xususan, sudyalar korpusini yetarli hayotiy tajribaga ega yuqori malakali yuristlar orasidan shakllantirish maqsadida «Sudlar to‘g‘risida"gi va «O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi to‘g‘risida"gi qonunlarga sudyalar yoshini o‘ttiz besh yoshgacha oshirishni nazarda tutuvchi o‘zgartish kiritildi.

Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, jinoiy ishlar bo‘yicha 343 nafar sudyaning 76 nafari, ya’ni 22,2 foizi 35 yoshga to‘lmagan. Ushbu sudyalar tomonidan qabul qilingan qarorlarning bir qanchasi yuqori bosqich sudlari tomonidan bekor qilingan.

Aniqlanishicha, bekor қи­линган qarorlardan аксария­тининг qabul qilinishiga sudya­лар tomonidan protsessual huquq normalari noto‘g‘ri qo‘llanilishi oqibatida yo‘l qo‘yilgan. Sodda qilib aytganda, bunda sudyalarning yoshligi va tajribasizligi pand bergan.

Prezidentning 2018 yil 28 dekabrdagi O‘zbekiston Oliy Majlisiga Murojaatida sud ҳо­кимиятининг chinakam mustaqilligini ta’minlash maqsadida sudyalikka nomzodlarni tanlash va tayinlash tizimini yanada takomillashtirish lozimligi ta’kidlangani bejiz emas. Zero, sudya­лар korpusini shakllantirish tizimini sud ҳоки­мия­тининг mustaqilligi prinsipiga to‘liq moslashtirish talab etiladi.

Shuningdek, bu jarayonda keng jamoatchilik ishtirokini ta’minlash zarur. Buning uchun tuman, shahar va viloyat sudi sudyalarini tanlash va tayinlash vazifasini, davlatimiz rahbari uqtirganidek, Sudyalar oliy kengashi to‘liq o‘z zimmasiga olishi maqsadga muvofiqdir.

Prezident tomonidan ilgari surilgan mazkur takliflarni amalga oshirish maqsadida yangi qonun bilan «Sudlar to‘g‘risida"gi qonunning 63-moddasi (Sudyalarni saylash va tayinlash tartibi), 72-moddasi (Sudyaning vakolatlarini muddatidan ilgari tugatish) va «Ўз­бекистон Respublikasi Судья­­лар oliy kengashi тўғ­рисида"gi qonunning 7-moddasiga (Kengash vakolatlari) Kengash tomonidan tuman, shahar, viloyat va Qoraqalpog‘iston Respublikasi sudi sudyalarini tayinlash va lavozimidan ozod etish masalalarini Ўз­бекистон prezidentining roziligisiz mustaqil ko‘rib chiqishni nazarda tutuvchi o‘z­гартishlar kiritildi.

«Sudlar to‘g‘risida"gi қо­нуннинг 661-moddasida Oliy sudning sudyasi lavozimida bo‘lishning eng yuqori yoshi O‘zbekiston prezidenti tomonidan, бош­қа sudlarning sudyasi lavozimida bo‘lishning eng yuqori yoshi sudyaning roziligi bilan Sudyalar oliy kengashi tomonidan besh yilgacha uzaytirilishi belgilangan. Би­роқ уш­bu tartib «O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi to‘g‘risida"gi қо­нунда nazarda tutilmagan edi.

Shu sababli «O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi to‘g‘risida"gi qonunning 7-moddasi Oliy sudning sudyasi lavozimida bo‘lishning eng yuqori yoshini sudyaning roziligi bilan besh yilgacha uzaytirish haqida O‘zbekiston prezidentiga taqdimnoma kiritish, Қорақалпоғис­тон Respublikasi, viloyatlar sudlari, Toshkent shahar су­ди, tumanlararo, tuman (shahar) va harbiy sudlarning sudyalik lavozimida bo‘lishning eng yuqori yoshini sudya­нинг roziligi bilan besh yilgacha uzaytirish tartibini nazarda tutuvchi norma би­лан to‘ldirildi.

Shuningdek, «O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi to‘g‘risida"gi қо­нуннинг 7-moddasi:

  • sudyalar va o‘z faoliyatini doimiy asosda amalga oshiruvchi Kengash a’zolariga nisbatan xizmat tekshiruvlari o‘tkazish;
  • o‘z faoliyatini doimiy asosda amalga oshiruvchi Kengash a’zolarini intizomiy javobgarlikka tortish to‘g‘risidagi masalani ko‘rib chiqishni nazarda tutuvchi;
  • davlat organlaridan va boshqa tashkilotlardan, shuningdek, mansabdor shaxslardan hamda fuqarolardan Kengash faoliyati bilan bog‘liq zarur axborotni, hujjatlarni va boshqa materiallarni so‘rab olish vakolatlarini nazarda tutuvchi normalar bilan to‘ldirildi.

«O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi тўғ­рисида"gi qonunga kiritilgan yangiliklar haqida gap borar ekan, zaxiraga kiritilishi istagini bildirgan nomzodning arizasini ikki oy ichida ko‘rib chiqish, sudya­лик yoshi o‘ttiz besh yoshgacha oshirilishi munosabati bilan sudyalik lavozimlariga nomzodlar zaxirasining yoshini o‘ttiz ёш­дан o‘ttiz uch yoshgacha oshirishni nazarda tutuvchi o‘z­гартирishlarни ham alohida ta’kidlash darkor.

Bundan tashqari yangi қо­нун bilan sudyani vakolat muddati tugaganidan so‘ng sudyalik lavozimiga va boshqa sudyalik lavozimiga tayinlash tartibi alohida 24−1-moddada belgilandi.

Jumladan, ushbu moddada Kengashning viloyatlar va Toshkent shahar sudlarining raislari, rais o‘rinbosarlari va sudyalari, Ўзбе­кис­тон Respublikasi Harbiy sudi raisi, tumanlararo, tuman, shahar, harbiy sudlar raislari va sudyalari lavozimlariga nomzodlar бў­йича jamoatchilik fikrini o‘rganish, sudyaning vakolat muddati tugaganidan keyin uni sudyalik lavozimiga munosibligi yoki nomunosibligi haqidagi masalani ko‘rib chiqish muddati, agar sudya o‘zi da’vogar bo‘lgan lavozim talablariga javob bermasa, Kengashning uni quyi sudyalik lavozimiga ko‘rib chiqish masalasini kun tartibiga kiritish huquqi belgilangan normalar nazarda tutildi.

Mo‘min Astanov,

Oliy sud sudyasi, Sudyalar oliy malaka hay’ati raisi