Fransiyaning sobiq prezidenti Jak Shirak payshanba kuni ertalab 87 yoshda vafot etdi. U yaqinlari orasida hayotdan ko‘z yumdi, deya xabar qildi RIA Novosti.

Jak Shirak (1932 y. t.) mamlakatni 1995−2007 yillarda boshqardi. U Sharl de Goll va Jorj Pompidu saylov kampaniyalarida muhim rol o‘ynagan. Jorj Pompidu davrida qishloq xo‘jaligi vaziri bo‘lgan.

Keyingi prezident Jiskar d’Esten davrida esa bosh vazir etib tayinlangan. Keyinroq uni boshqa joyga tayinlashdi va u muxolifat partiyani boshqarishga o‘tdi.

1977 yilda Parij meri bo‘lgan. 1986 yilda — Fransua Mitteran davrida — yana hukumatga rahbar bo‘ldi. Shirak — ikki marta bosh vazir bo‘lgan yagona fransuz siyosatchisidir.

1988 yilda prezidentlik saylovida Mitteranga imkoniyatni boy berib, yana muxolifat tomonga o‘tdi, biroq 1995 yilda nomzodini takror ilgari surib, g‘alaba qozondi.

Shirak davrida prezidentlik muddati yetti yildan besh yilga qisqartirildi. Beshinchi respublikaga 12 yil davomida rahbarlik qilib, boshqaruv davomiyligi bo‘yicha Mitterandan keyin ikkinchi bo‘ldi.