2019 yil 29 sentyabr kuni soat 01:00 larda fuqaro Sh. Yu. (1981 y.t.) Yangiyo‘l tumani, «Gulbog‘» mahallasida mast holatda, R.U. (1986 y.t.) bilan o‘rtalarida kelib chiqqan janjal oqibatida, oshxona pichog‘i bilan R.U. ning chap ko‘krak sohasiga bir marotaba sanchib, qasddan o‘ldirgan. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar berdi.

Mazkur holat yuzasidan 24.09.2019 yilda tuman prokuraturasi tomonidan Sh. Yu. ga nisbatan JKning 97-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.