Shayxontohur tumani Qoratosh ko‘chasidagi magistral issiqlik tarmoqlari quvurida ta’mirlash ishlari olib borilmoqda. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

Shu munosabat bilan mazkur ko‘chaning O‘zbekiston banklari assotsiatsiyasi yaqinidagi yo‘l joriy yilning 10 oktyabriga qadar qisman yopildi.