Farg‘ona viloyati Ichki ishlar boshqarmasining xabariga ko‘ra, joriy yilning 11 sentyabr kuni tezkor xodimlar tomonidan o‘tkazilgan «Qoradori-2019» tadbiri davomida Teleming qishlog‘ida yashovchi 1973 yilda tug‘ilgan V.N.ning yashash xonadoni ko‘zdan kechirilganda, 1 kg. 151 gr. marixuana giyohvandlik moddasini saqlab kelayotganligi aniqlanib, daliliy ashyo sifatida olindi. Bu haqda IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.

Holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 276-moddasi (Giyovandlik vositalari yoki psixotrop moddalarni o‘tkazish maqsadini ko‘zlamay qonunga xilof ravishda tayyorlash, egallash, saqlash va boshqa harakatlar) 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.