Adliya vazirining tegishli buyrug‘i bilan Rustambekov Islombek Rustambekovich Toshkent davlat yuridik universitetining o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori lavozimiga tayinlandi, deya xabar qildi vazirlik matbuot xizmati.

Islombek Rustambekov (1985 y. t.) — Toshkent davlat yuridik institutini (2007) tamomlagan. U mehnat faoliyatini 2010 yilda Toshkent davlat yuridik instituti aspiranti lavozimidan boshlab, 2010−2013 yillarda Toshkent davlat yuridik instituti «Xalqaro xususiy huquq» kafedrasi o‘qituvchisi, katta o‘qituvchisi, 2013−2017 yillarda Toshkent davlat yuridik universitetining «Xalqaro tijorat huquqi» kafedrasi mudiri, 2017−2017 yillarda Toshkent davlat yuridik universiteti Biznes huquqi kafedrasi mudiri, 2017−2018 yillarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi Fuqarolik jamiyati institutlari boshqaruvi kafedrasi mudiri lavozimlarida ishlagan.

Islombek Rustambekov shu kunga qadar vazirlikning Xalqaro va xorijiy tashkilotlarda O‘zbekiston Respublikasining manfaatlarini huquqiy himoya qilish boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlab kelayotgan edi.