O‘zbekistonda tez orada aralash jang san’ati (MMA) bo‘yicha janglar yetkaziladi. Bu haqda GoSport.Uz internet-nashri ma’lum qildi.

Xabarlarga qaraganda, ayni vaqtda O‘zbekistonda MMA musobaqalarini o‘tkazish bo‘yicha muzokaralar olib borilmoqda. Unga ko‘ra, 21 dekabr kuni Toshkentda katta MMA kechasi o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Bu O‘zbekiston tarixida o‘tkazilgan ilk MMA kechasi bo‘ladi.

Hozirda MMA janglarini O‘zbekistonda o‘tkazish bo‘yicha tegishli tashkilotlar bilan kelishuv, turnirni o‘tkazish bo‘yicha ruxsatnoma olish ishlari olib borilayotgani ma’lum qilingan. Shundan so‘ng ushbu janglar manzili va muddati rasman e’lon qilinishi kutilmoqda.