Samarqand hokmiyati ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan ovqatdan ommaviy zaharlanish holatlari haqidagi xabarlarga izoh berdi.

Samarqand viloyat Sog‘liqni saqlash boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasiga joriy yilning 16 sentyabr kuni soat 16:10 dan soat 18:30 ga qadar turli xonadonlarda yashovchi 7 nafar fuqarolar bir xil klinik belgilar bilan murojaat qilishgan.

Zaxarlanish sabablarini o‘rganish borasida o‘tkazilgan dastlabki epidemiologik surushturuvlarda barcha bemorlar shahrimizning Registon ko‘chasida joylashgan «Mo‘’jiza» restoranida 14 sentyabr kuni kechki vaqtda o‘tkazilgan to‘ydan so‘ng ortib qolgan go‘sht va assorti mahsulotlarini uylariga olib kelishgani va bu taomlarni joriy yilning 15 sentyabr kuni tushlikda va kechki ovqatda iste’mol qilishgani aniqlangan.

Shahar prokuraturasi zaharlanish holatlari bo‘yicha tergovga qadar tekshiruv olib bormoqda.