O‘zbekiston Davlat xavfsizlik xizmati chegara qo‘shinlari vakillari 14 sentyabr kechasi Toshkent viloyatining Toshkent tumanida «Tramadol» psixotrop dori vositasini olib qo‘ydi.

O‘zAning xabar qilishicha, tabletkalar chegaradan dron yordamida noqonuniy olib o‘tilayotgan edi. Toshkent tumani Qozog‘iston bilan chegaradosh.

Hozirda mazkur holat bo‘yicha dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.