5 oktyardan Toshkent va Kiyev o‘rtasida HY3563/3564 haftalik charter reysi yo‘lga qo‘yiladi. Bu haqda reysni amalga oshirish uchun Airbus A320 samolyotlari va uchuvchilarni taqdim etayotgan O‘zbekiston Milliy aviakompaniyasi matbuot xizmati «Gazeta.uz»ga xabar qildi.

in4avia Telegram-kanalining xabar qilishicha, reyslar shanba kunlari amalga oshiriladi:

  • Toshkent 23:55 — Kiyev 02:45
  • Kiyev 04:15 — Toshkent 10:45

Kiyevdan Toshkentga aviachiptalar narxi 138 dollardan boshlanadi.

O‘zbekiston Milliy aviakompaniyasi 2015 yil may oyiga qadar «Toshkent — Kiyev — Toshkent» yo‘nalishi bo‘yicha doimiy reyslarni amalga oshirgan. Biroq parvozlar ikki davlat aviatsion hukumatlari o‘rtasida kelishuvlar mavjud bo‘lmagani bois to‘xatilgan edi.

Ukraina bilan doimiy aviaaloqalarni qayta tiklash imkoniyatlari to‘g‘risidagi so‘nggi axborotlar 2017 yilning dekabrida paydo bo‘lgan edi. Ikki davlat aviatsion hukumatlari delegatsiyalari muzokaralar o‘tkazdi, biroq O‘zbekiston Parvozlar xavfsizligini nazorati qilish Davlat inspeksiyasi tomonlar o‘rtasida hal etilmagan masalalar borligini ma’lum qildi. «Ular bartaraf etilishi bilan tomonlar muzokaralarga qaytishadi», — deya va’da bergan edi idora.